NDPI.UZ
8.33K subscribers
39.1K photos
4.59K videos
908 files
12.1K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб коллежлар ва техникумларда тайёрлов йўналишлари кесимида тўлов-контракт асосида бир ўқувчини ўқитиш қиймати меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори (МҲТЭКМ)га мувофиқ белгиланди.

Унга кўра:

👉 Соғлиқни сақлаш, Педагогика, Бизнес ва бошқарув, Санъат, Ижтимоий таъминот, Хизмат кўрсатиш, Журналистика ва ижтимоий ахборот –

4 211 846 сўм (МҲТЭКМнинг 6,2 баробарида)

👉 Табиий фанлар, Транспорт, Муҳандислик иши, Алоқа ва ахборотлаштириш, телекоммуникация технологиялари, Компьютер технологиялари ва информатика, Гуманитар фанлар (телевидение йўналиши) –

4 075 980 сўм (МҲТЭКМнинг 6,0 баробарида)

👉 Қишлоқ хўжалиги ирригация ва мелиорацияси, Қишлоқ, ўрмон ва балиқ хўжалиги, Ишлаб чиқариш ва қайта ишлаш тармоқлари, Архитектура ва қурилиш, Ҳаётий фаолият хавфсизлиги, Қишлоқ хўжалик техникаси, Ветеринария, Атроф-муҳит муҳофазаси –

3 940 114 сўм (МҲТЭКМнинг 5,8 баробарида)

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
​​#Matbuot_anjumani

Илм-фан ва ишлаб чиқариш ҳамкорлиги

2020 йил 10 декабрь куни АОКАда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Инновацион ривожланиш вазирлиги ва Фанлар академияси вакиллари иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.

Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида илм-фан масалаларига бағишлаб 2020 йил 3 декабрь куни ўтказилган селектор йиғилишида белгиланган вазифалар ижросини таъминлашга бағишланган матбуот анжуманида асосий эътибор олий таълим, фан ва инновация масалаларининг долзарб жиҳатларига қаратилди.

Жумладан, республикамиз ОТМларидаги мавжуд илмий салоҳиятдан самарали фойдаланиш, ишлаб чиқарувчилар, тармоқлар ва ҳудудлардаги қишлоқ ва сув хўжалиги, ирригация, кимё саноати ва нефть-газ тармоқлари, энергетика, шунингдек фармацевтика саноатида мавжуд долзарб амалий масалалар ечимлари юзасидан фикрлар билдирилди.

Матбуот анжуманида иштирок этган олий таълим муассасалари проректорлари ҳам ўзларини қийнаётган муаммоларга тўхталиб ўтдилар.

Жорий 7-9 декабрь кунлари тармоқларга жорий этишга тайёр бўлган илмий ишланмалар тақдимотида 17 та олий таълим муассасаси амалиётга жорий этишга тайёр бўлган 123 та илмий ишланмаси билан иштирок этган.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

Бугун, 17 декабрь, соат 15:00 АОКАда «Олий таълим муассасаларининг глобал рақобатбардошлигини ошириш ҳамда масофавий таълимни жорий этиш муаммолари ва истиқболдаги вазифалар» мавзусида матбуот анжумани ўтказилади.

Матбуот анжуманида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъуллари томонидан мавзу бўйича батафсил маълумот ва журналистлар саволларига жавоб берилади.

Мавзу юзасидан қизиқиш билдирган барча ОАВ вакиллари таклиф этилади.

Манзил: Тошкент ш., Навоий кўчаси, 30-уй, АОКА мажлислар зали (4-қават)

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

EʼLON❗️

Bugun, 4-noyabr kuni soat 15:00da
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi eʼlon qilinishi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Anjumanda, shuningdek, quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha eng yuqori va eng past oʻrin olgan OTMlar eʼlon qilinadi:

🔹professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati

🔹taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligi

🔹xorijiy talabalar va professor oʻqituvchilar ulushi

va boshqalar...

Mavzu yuzasidan qiziqish bildirgan barcha OAV vakillari taklif etiladi.

Manzil: Toshkent sh, Chilonzor t, Nurxon koʻchasi 21-uy, Taʼlim inspeksiyasi binosi

Telefon: +998 71 231-07-53 (1088)
_______
👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

❗️Oliy ta’lim muassasalaridagi komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimlari tomonidan bir qator korrupsion holatlar aniqlangan. Jumladan:

🔹1 ta holatda 8 ta kurs ishlari va 10 ta bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yoʻl qoʻyilgan;

🔸2 ta holatda oraliq nazorat imtihonlariga oʻringa-oʻrin kirish holati aniqlangan;

🔹1 ta holatda tanlov gʻoliblariga beriladigan pul mukofoti berilmagan;

🔸1 ta holatda oʻqituvchi tomonidan talabalarga kitob sotish holati aniqlangan;

🔹3 ta holatda asbob-uskunalar va kompyuter vositalari (132 mln. soʻmlik) boʻyicha shartnomalar bekor qilingan;

🔸1 ta holatda OTM bosh hisobchisi oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan (119 mln. soʻm);

🔹1 ta holatda talabaning toʻlov-kontraktining ortiqcha qismini qaytarib olishda ta’magirlik holati aniqlangan;

🔸3 ta holatda baho evaziga pora talab qilingan.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3276

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Matbuot_anjumani
#Nukus_DPI

Nukus DPIda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

«Zoʻr TV» telekanali «Bu kun» informatsion-tahliliy dasturi

YouTube
👉 https://www.youtube.com/watch?v=D6NXrhN1kdM

Kanalimizga obuna boʻling 👉 @nmpi1934
👍8🔥2
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

Talabalarni turar-joy bilan taʼminlash, ijara va toʻlov-kontrakt masalalari boʻyicha
matbuot anjumani

Dastlab, bu borada qilinayotgan ishlar haqida batafsil hisobot berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda oliy ta’limi muassasalari soni 2016-yildagi 77 tadan 177 taga yetdi. Talabalar kontingenti esa, 200 mingdan 1 mln. ga yetib, 5 baravarga oshdi. Hozirda 113 ta davlat oliygohining birgina kunduzgi ta’lim shaklida ilgarigi 80-100 ming talaba o‘rniga 500 mingdan ortiq talaba o‘qiyapti.

Batafsil: 👉https://edu.uz/uz/news/view/4416

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani to‘liq videosini vazirlikning YouTube xostingi orqali ko‘rishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

📢 E’LON!

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot davomida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-may kuni soat 14:00 da matbuot anjumani o’tkaziladi.

Anjuman tafsilotlari vazirlikning feysbukdagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

Barcha OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 7-uy

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini shakllantirish va taqsimotini amalga oshirish tizimini takomillashtirish; bilimli yoshlarni tanlov asosida qabul qilishning yangi tizimini joriy qilish; ta’lim grantlarini ikkinchi va undan yuqori kurslarda qayta taqsimlash amaliyotini joriy etish; oliy ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirish kabi qator yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Anjuman tafsilotlari vazirlikning Youtubedagi sahifasida jonli efirga uzatilmoqda 👉

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2🤩1
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi


Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🥰1
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi


Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi


Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
🔠 abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🔠 oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Qabul_2025
#Matbuot_anjumani

⚡️NukusDPIda qabul jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

◾️Joriy yilning 25-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda institut rektori Quvondiq Qodirov ommaviy axborot vositalari vakillari – jurnalist va blogerlarga joriy yilgi qabul jarayonidagi muhim yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul bo‘yicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi.

Abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ngra kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

↪️Institut rektori joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshirilishi, alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar institutning o‘zida, shuningdek, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ajratilgan joylarda o‘tkazilishi belgilanganligi, ularni tashkil etish bo‘yicha yuqori darajada tayyorgarliklar olib borilayotganligini ta’kidladi.

Shuningdek, qabul jarayonini yuqori darajada tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga muhim maslahatlar, huquqiy yo‘l-yo‘riqlar, sohadagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida institutda qabul komissiyasi va uning tarkibida maslahat hamda koll-markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ushbu markazlar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha doimiy faoliyat yuritib kelayotganligi bo‘yicha ma’lumot berildi.


Tadbirda qabul jarayonidagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

©️NukusDPI matbuot xizmati.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🥰1😍1