NDPI.UZ
8.29K subscribers
39.2K photos
4.61K videos
918 files
12.2K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon

Joriy yil 46 ta oliygohda kasbiy (
ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi

Ma’lumki, kecha, 27-iyul kuni abiturientlarni 2022/2023-o‘quv yili uchun onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir qatorda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etiladi.

Yuqoridagi ilovada joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihonlari mavjud 46 ta OTM ro‘yxati bilan tanishing.

Abituriyentlar ta’lim muassasasi hududidagi e’lonlar burchagi yoki rasmiy veb-sayt hamda telegram kanali orqali quyidagilarni bilishlari mumkin:

✔️Imtihonlarni o‘tkazish jadvali (vaqti, joyi);
✔️Imtihonlar dasturi va baholash mezoni;
✔️Imtihonlar natijasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍6
Forwarded from Edu.uz
​​#Ijodiy_imtihon_2022

Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi

🔰Xabar berganimizdek, joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtadi.

✔️2021/2022-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

➡️Shuningdek, ilk bor imtihon boʻladigan bino va maydonlarda oʻrganishlar olib borish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

🔖Unga ko‘ra Vazirlik va Agentlik masʼul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi toʻliq nazorat qilinadi.

☝️Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz soʻraladi.

👉Imtihonlarni o‘tkazish grafigi 👈
———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
👍4
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon_2022

Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi

Avval xabar berganimizdek, 1–10-avgust kunlari mamlakatimizning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Obunachilar va abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumot berib borish maqsadida maxsus “Eduuzijodiy2022” telegram kanali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Unda siz imtihonlar qaysi oliy taʼlim muassasasida boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.

Ijodiy imtihonlarni xolis va shaffof oʻtkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, bloggerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, OTMda boʻlib oʻtayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
👍8
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon_2022
#oʻqishni_koʻchirish

⚡️Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

🔰2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlari orqali e’lon qilingan.

✔️Abituriyentlar va ularning ota-onalari imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumotlarni “Eduuz|Tezkor xabarlar” maxsus telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

👀Unda siz imtihonlar qaysi OTMda boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

☝️Eslatib oʻtamiz, jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali ham jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
👍6😁1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Kasbiy/
ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yil 52 ta OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Ushbu imtihonlarga oid jumladan, baholash mezonlari, o‘tkazilish joyi, sanasi kabi muhim yangiliklar oliygohlarning rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Quyida ularning Telegramdagi rasmiy sahifalari:

➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy universiteti;
➡️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Qo‘qon davlat universiteti;
➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️Andijon davlat texnika instituti;
➡️Andijon davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat texnika universiteti;
➡️Guliston davlat universiteti;
➡️Qoraqalpoq davlat universiteti;
➡️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
➡️Qarshi davlat universiteti;
➡️Namangan davlat universiteti;
➡️Namangan davlat texnika universiteti;
➡️Samarqand davlat universiteti;
➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat chet tillar instituti;
➡️Termiz davlat universiteti;
➡️Farg‘ona davlat universiteti;
➡️Urganch davlat universiteti;
➡️Navoiy davlat universiteti;
➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
➡️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;
➡️Nukus davlat pedagogika instituti;
➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➡️Andijon davlat pedagogika instituti;
➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;
➡️Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️Namangan davlat pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat pedagogika instituti
➡️Termiz davlat pedagogika instituti;
➡️Urganch davlat pedagogika instituti;
➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Milliy estrada san’ati instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;
➡️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
➡️Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
➡️O‘zbekiston  davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat sport akademiyasi;
➡️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.

💾 Kasbiy/ijodiy imtihoni mavjud OTM va ularning yo‘nalishlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🥰1🤩1