NDPI.UZ
8.32K subscribers
39.1K photos
4.6K videos
918 files
12.2K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
#BILASIZMI
#IMKONIYAT

⚡️Poliglot talabalar va oʻquvchi-yoshlar uchun yangi imkoniyat!

🔰 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari
bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

☝️Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

🗓 2022-yil 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

➡️ Batafsil ma’lumot.

🇷🇺 Читать на русском

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul

⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun
imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍6👏1
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi


Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:

▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:

etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1🤩1🤗1