NDPI.UZ
8.39K subscribers
36K photos
4.21K videos
899 files
11.2K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon

Joriy yil 46 ta oliygohda kasbiy (
ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi

Ma’lumki, kecha, 27-iyul kuni abiturientlarni 2022/2023-o‘quv yili uchun onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir qatorda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etiladi.

Yuqoridagi ilovada joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihonlari mavjud 46 ta OTM ro‘yxati bilan tanishing.

Abituriyentlar ta’lim muassasasi hududidagi e’lonlar burchagi yoki rasmiy veb-sayt hamda telegram kanali orqali quyidagilarni bilishlari mumkin:

✔️Imtihonlarni o‘tkazish jadvali (vaqti, joyi);
✔️Imtihonlar dasturi va baholash mezoni;
✔️Imtihonlar natijasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
​​#Ijodiy_imtihon_2022

Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi

🔰Xabar berganimizdek, joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtadi.

✔️2021/2022-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

➡️Shuningdek, ilk bor imtihon boʻladigan bino va maydonlarda oʻrganishlar olib borish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

🔖Unga ko‘ra Vazirlik va Agentlik masʼul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi toʻliq nazorat qilinadi.

☝️Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz soʻraladi.

👉Imtihonlarni o‘tkazish grafigi 👈
———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon_2022

Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi

Avval xabar berganimizdek, 1–10-avgust kunlari mamlakatimizning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Obunachilar va abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumot berib borish maqsadida maxsus “Eduuzijodiy2022” telegram kanali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Unda siz imtihonlar qaysi oliy taʼlim muassasasida boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.

Ijodiy imtihonlarni xolis va shaffof oʻtkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, bloggerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, OTMda boʻlib oʻtayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon_2022
#oʻqishni_koʻchirish

⚡️Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

🔰2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlari orqali e’lon qilingan.

✔️Abituriyentlar va ularning ota-onalari imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumotlarni “Eduuz|Tezkor xabarlar” maxsus telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

👀Unda siz imtihonlar qaysi OTMda boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

☝️Eslatib oʻtamiz, jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali ham jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz