NDPI.UZ
10.4K subscribers
34.2K photos
4K videos
898 files
10.7K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Forwarded from Glocals Bookshop
#Bilasizmi?

⚡️Ta'lim oluvchining uch toifasi mavjud...

Birinchisi,
eshitish orqali o'rganuvchilar (“auditory learners”), ya'ni tinglash (“listening”) orqali ko'proq bilim oladiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar kitob o'qishdan ko'ra ma'ruza hamda axborot tinglashni afzal ko'radilar.

➡️Ikkinchisi, vizual o'rganuvchilar (“visual learners”), ya'ni diqqatini ko'rayotgan, kuzatayotgan narsalarga qaratadiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar esa biror narsani tushunish va eslab qolish uchun uni o'z ko'zlari bilan ko'rishni afzal ko'radilar.

Uchinchisi, tajribalar orqali yoki kinestetik o'rganuvchilar (“experiential”, “kinesthetic learners”), ya'ni biror-bir narsani bajarish, tajribalar o'tkazish, sinash orqali o'rganadiganlar.

Xo'sh, siz ushbu uchta toifadagi o'rganuvchilardan qaysi biriga kirasiz?


🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim koʻnikma har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati;

Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik;

Epchillik va moslashuvchanlik;

Tashabbuskorlik va tadbirkorlik;

Ogʻzaki va yozma muloqot mahorati;

Axborotni tahlil qilish koʻnikmasi;

Qiziquvchanlik va kreativlik.

☝️Shu bilan birgalikda, Toni Vagner biz bu koʻnikmalarni qanday oʻrgatish yoki baholash haqida hech qanday tasavvurga ega emasmiz, deb ogohlantiradi❗️

Sizda shu koʻnikmalarning qaysi biri rivojlangan?

Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

🌟 Shu kooʻnikmalarni oʻzingizda rivojlantirib, kelajak uchun mustahkam poydevor yarating!

©️Manba

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi

🇺🇿 🇰🇿 Kuni kecha davlatimiz rahbarining Qozog‘istonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

🌐 Jahon siyosatida “ittifoqchilik munosabatlari” (“allied relations”) tushunchasi nimani anglatadi?

U “strategik sheriklik”dan (“strategic partnership”) qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

🔰Ayni shu savollarga quyidagi maqolada oydinlik kiritishga harakat qildik.

____
👉 @usmanov_global_education

https://dunyo.info/cyrl/site/inner/ittifoqchilik_munosabatlari_va_strategik_sheriklik_umumiy_zhi%D2%B3at_va_tafovutlar-UO7
#BILASIZMI
#IMKONIYAT

⚡️Poliglot talabalar va oʻquvchi-yoshlar uchun yangi imkoniyat!

🔰 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari
bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

☝️Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

🗓 2022-yil 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

➡️ Batafsil ma’lumot.

🇷🇺 Читать на русском

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz | Lotin
#Bilasizmi

OʻZBEKISTONDAGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI ROʻYXATI

Bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 28 ta;
🏛Institut — 47 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 26 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 24 ta.

✔️Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1 ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta.

Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OLIY TAʼLIM MUASSASALARI ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

▪️Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi.

➡️ Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

📌 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi

©️@manaviyateduuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#BILASIZMI
#YURIST_MINBARI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

▪️Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi.

➡️ Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

📌 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi

©️@manaviyateduuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi #Qabul2022
Chet tili sertifikatlarining 1000 dan ziyodi o‘z tasdig‘ini topmadi

🔰 Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

🖥 Buning uchun abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.

👨🏻‍💻 Joriy yilgi abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod chet tili sertifikati tizimga yuklandi.

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi (ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

🔖 Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Qayd etish kerakki, joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘p (2021-yilda 10 648 ta).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube