Nishon24.uz | Rasmiy kanal
213 subscribers
1.26K photos
344 videos
1 file
1.31K links
🎯Ҳаммамиз кимнингдир "НИШОН"идамиз!

📩 Хабар, фото ва видеоларни @nishon24_bot га юборинг !

🌐 Бизнинг саҳифaлaримиз.

Web site: Nishon24.uz
Facebook: Nishon24uzb
Instagram: Nishon24.uz
Download Telegram
#nazorat

Bo‘stonliqda giyohvandlik vositasi, kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dorilarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan shaxslar daliliy ashyo bilan ushlandi.

📁🔍Holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Facebook | Telegram | Instagram
🤔3😱1
#nazorat

Toshkent viloyatida 1 456 ta koʻchmas mulk obyekti (830,7 gektar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan. Nega?

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan jami 470 million soʻmlik jarimalar qoʻllanilib, 93,4 million soʻm jarima undirilgan.

Aslida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 million soʻm),

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 million 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu sababli yerdan foydalanuvchi subyektlardan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etishi zarur.

Facebook | Telegram | Instagram
👍7🔥2👏1
#nazorat

Yozning totli neʼmatlari yaxshi. Biroq ...

Hozirgidek yozning issiq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlari tez sifatini yo‘qotishini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu tufayli Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining hududiy bo‘limlari xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari birgalikda joylarda maxsus reydlar tashkil etilyapti.

Xususan, hududdagi markaziy dehqon bozorlari va uning atrofida tez buziluvchi mahsulotlardan go‘sht qiymasi, kalla-pocha mahsulotlari, nomaʼlum uy sharoitida tayyorlangan sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan har xil taomlar, salqin ichimliklarning sotilishi qatʼiyan taʼqiqlandi. O‘tgan 15 kun davomida 41 kilogramm sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan va uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, 54 litr sut mahsulotlari, ayron, go‘ja, o‘rik sharbati kabi salqin ichimliklar savdosiga chek qo‘yilgan.

➥ Batafsil
:https://nishon24.uz/uz/news/440

Facebook | Telegram | Instagram
👍7👏3🔥2🤔1
#nazorat

⚡️Qora dori-2022: Toshkent viloyati bo`yicha 6 oyda 136 kg dan ortiq narkotik moddalar muomaladan olindi

⚖️“Qora bozorda”gi narxi taxminan 2 milliard soʻmga teng boʻlgan jami 29 ming 289 dona yoki (psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi) dori vositalari ushlandi. Hududlarda ko`p miqdordagi giyohvand moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qoʻyildi.

Shu davr mobaynida bunday jinoyatlar bilan bogʻliq jami 28 ta jinoiy holat ham aniqlandi.

Facebook | Telegram | Instagram
🤔4👍1👏1😱1