New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
5.83K subscribers
2.61K photos
324 videos
36 files
1.02K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirish mumkin!

⚡️ "Yangi O'zbekiston" universiteti kimyo va materialshunoslik muhandisligi katta tadqiqotchisi Sh. Abdullaev elektr energiyasi ishlab chiqarishni 6,26% ga oshirish mumkinligini isbotladi.

Sh. Abdullaevning “Chemosphere” jurnalida “Exergy and environmental analysis of a novel turbine inlet air cooling technique for power augmentation in a CCPP based on waste energy” mavzusida maqolasi chop etildi.

📰 Ushbu maqolada elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqishda chiqindi gazlardan sarflangan issiqlikni tiklash orqali gaz trubinasiga kiradigan havo haroratini pasaytirishning yangi usuli taklif etiladi. Mazkur usul orqali bug'-gaz qurilmasida elektr energiyasini ishlab chiqarish 6,26% ga oshadi.

📌 Ma’lumot uchun: "Chemosphere" fanlararo jurnal bo‘lib, atrof-muhit va muhandislik fanlari bilan bog‘liq tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda ushbu ilmiy jurnal 43 mingta ilmiy jurnallar orasidan eng yuqori 10% reytingga kiritilgan.

🔁 English

#tadqiqot #elektr #chemosphere

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan yuqori reytingli ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarning har beshtadan bittasi universitetimiz olimlariga tegishli

🌐 “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor va tadqiqotchilari tomonidan 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida xalqaro Scopus ilmiy-bibliografik bazasining birinchi kvartili (Q1) ga kirgan ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar soni butun O‘zbekiston bo‘yicha chop etilgan maqolalarning har beshtadan bittasini tashkil qiladi.

Xususan, O‘zbekiston bo‘yicha ushbu kategoriyada 785 ta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, ularning 159 tasi (20%) universitetimizga tegishli.

📌 Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz hududida hozirgi kunda 212 ta oliy ta’lim muassasasi va 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot institutlari mavjud.

🔁 English

#tadqiqot #scopus

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook