New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.65K photos
335 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Germaniya va Iordaniya davlatlarida o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish uchun grant yutib olindi!

TUM universitetining “Yangi O‘zbekiston” universitetida noyabr oyida o‘tkazgan o'rganishlariga ko‘ra universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari faoliyati yuqori baholanib, DAAD fondi tomonidan grant ajratildi.

☑️ Grant loyihasi quyidagicha:

📆 Loyiha muddati: 2 yil
📍Tashkil etiladigan tadbirlar: Germaniyada 2 marta, Iordaniya va O‘zbekistonda 1 martadan seminar
🔹Seminar mavzusi: Talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, biznes fanlaridan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish
Har bir seminarning davomiyligi: 7-10 kun
👨‍💼 Ishtirok etuvchilar: 2 ta professor-o'qituvchi, 3 ta talaba

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
Germaniya va Iordaniya davlatlarida o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish uchun grant yutib olindi! TUM universitetining “Yangi O‘zbekiston” universitetida noyabr oyida o‘tkazgan o'rganishlariga ko‘ra universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari…
Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya va Iordaniya davlatlarida o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish uchun grant yutib olinganligi haqida xabar bergan edik.

📣📣Ushbu seminarlarda qatnashish istagida bo'lgan “Yangi O‘zbekiston” universitetining barcha talabalari uchun tanlov e’lon qilinadi.

☑️ Tanlovda qatnashish uchun sizdan quyidagilar talab etiladi:
🔹Motivatsion xat yozish (Mavzu: Nega siz ushbu seminarlarda ishtirok etishni istaysiz va bu mahorat darslari sizda kelajakdagi kasbingizga qanchalik foyda beradi? (250-500 so'z))
🔹Akademik ko‘rsatgichlaringiz
🔹Turli startap loyihalari, hakatonlar va konferensiyalarda ishtirok etganligingizni tasdiqlovchi sertifikatlar
🔹Ingliz tilini bilish darajangizni baholovchi sertifikat
🔹Amalga oshirgan loyihalaringiz
🔹Tadbirkorlikni o‘qitishning innovatsion usullari bo‘yicha loyiha taklifi.

Barcha so‘ralgan hujjatlarni topshirish va ro'yxatdan o‘tish muddati 10-martgacha.

📮 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/yhaUj9uv4nnUk7Vt9

👉Batafsil: https://newuu.uz/en/student/icciee


#grant #Germaniya #Iordaniya #tanlov

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Talabalarimiz Iordaniyaga jo‘nab ketishdi!

🌐 Universitetimizga DAAD jamg‘armasi tomonidan ajratilgan grant dasturi doirasida talabalarimiz Germaniyada tashkil etilgan seminarlarda ishtirok etishgan edi.

Ushbu dastur asosida endi talabalarimiz Iordaniyaga borib, o‘z loyihalarini davom ettirishadi. Ikki yillik mazkur seminarlar davomida talabalar o‘zlari orzu qilgan shakldagi magistratura dasturini ishlab chiqishadi.

🎗Talabalarimiz loyihani muvaffaqiyatli bajarishlarida omad tilaymiz!

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Iordaniyaning Mabada shahrida seminarlarda ishtirok etishmoqda!

🌐 Seminarlar Germaniyaning DAAD, TUMint va HTW Dresden hamkorligida tashkil etilayotgan bo‘lib, talabalar tadbirkorlik va biznes boshqaruviga oid o‘quv dasturi ishlab chiqish, uni xalqaro darajada va har tomonlama mukammal tarzda yaratish uchun bevosita ishtirok etishmoqda.

Dastuning ahamiyati shundaki, talabalar 2 yil davomida 3 ta davlatda bo‘lib, turli seminarlar tashkil etishadi. O‘zlarining loyihalarini birgalikda muhokama qilishadi va uni boyitib borishadi.

🔁 English

#Iordaniya #seminar #DAAD

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Germaniya va Iordaniya universitetlari bilan hamkorlikda seminar-treninglar o'tkaziladi

💫 Xabaringiz bor, "Yangi O'zbekiston" universiteti DAAD loyihasida ishtirok etishi uchun $40,000 miqdorida grant yutib olingan edi.

💥 Loyihadan ko'zlangan maqsad yoshlarga tadbirkorlik bo'yicha eng zamonaviy bilimlarini amaliy tarzda yetkazish hisoblanadi.

🛫Hozirga qadar mashg'ulotlar Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan bo'lib, bu galgi treninglar "Yangi O'zbekiston" universitetida 22–30-aprel kunlari o'tkaziladi.

🤩 Unda Germaniyaning Dresden amaliy fanlar universiteti, Iordaniyaning Germaniya-Iordaniya universiteti va Myunxen texnika universitetining ham ishtirok etadi.

🎗 Barcha qiziquvchilarni, dunyoning eng salohiyatli mutaxassislari ishtirokida o'tkaziladigan seminar-treninglarga taklif qilamiz.

🔁 English

#seminar #Dresden #DAAD #Iordaniya

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda

Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari DAAD tomonidan Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.

💫 Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.

💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAAD loyihasi bo‘yicha seminar-treninglar davom etmoqda!

💫 “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Myunxen texnika universiteti, Dresden amaliy fanlar universiteti va Germaniya-Iordaniya universiteti ishtirokidagi seminarlarning ikkinchi kuni o‘tkazildi.

📚 Talabalar va professor-o‘qituvchilar bugun tadbikorlik ko‘nikmalarini oshirish hamda ushbu soha bo‘yicha magistratura mutaxassisligining innovatsion modulini yaratish ustida ishlarni davom ettirishmoqda.

🎗Yangi O‘zbekston” universiteti yoshlarga yangicha bilim va ko‘nikmalar ulashishda davom etadi.

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimiz talabalari Germaniyada

💫 Xabaringiz bor “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari 2 yildan buyon DAAD loyihasida ishtirok etib kelishmoqda. Kuni kecha talabalarimiz loyihaning oxirgi bosqichini amalga oshirish uchun Germaniyaga joʻnab ketishdi.

Hozirda 4 universitet yoshlari birlashib, barcha uchun mos va zamonaviy magistratura dasturining modullari hamda marketing strategiyasi ustida ish olib borishmoqda.

🎗 Kecha oʻtkazilgan mahorat darsida Myunxen texnika universiteti mutaxassislari tomonidan talabalarga tavsiyalar berib oʻtildi.

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM