New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.66K photos
338 videos
36 files
1.06K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy Prezidenti Wolfgang A. Herrmann universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalarga tabrik yo‘lladi!

🎉 Universitetingiz Prezidenti sifatida, quvonchimning chegarasi yo‘q, chunki biz nafaqat navbatdagi o‘quv yilini boshlaymiz, balki dunyo miqyosidagi universitet merosini davom ettiradigan yangi iste'dodli yoshlar, bo‘lajak mutafakkir va liderlarni kutib olamiz...

🔁 English

#FaxriyPrezident #TUM #NewUU

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Aziz yurtdoshlar!

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan sizlarni "Yangi O'zbekiston" universiteti jamoasi nomidan muborakbot etamiz.

Mustaqillik bayrami – barchamizning bayramimiz, mustaqil O‘zbekiston – barchamizning faxrimiz, iftixorimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.

🔁 English

#mustaqillik #bayram #32yil #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatan himoyachilari!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

🔁 English

#tabrik #VatanHimoyachilariKuni

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak boʻlsin!

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, sizlarni "27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan tabriklaymiz.

Ushbu quvonchli ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti jamoasi


🔁 English

#Press #congratulations #Tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Bir boʻlsak – yagona xalqmiz,
Birlashsak – Vatanmiz!


Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 33 yilligi barcha vatandoshlarimizga qutlugʻ boʻlsin.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🔁 English

#mustaqillik #bayram #33yil #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Hilola Nazirova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo etib qabul qilindi.

Bu nafaqat universitetimiz, balki adabiyot va ma’naviyat sohasidagi yutuqlarimiz uchun ham katta sharaf va yuksak e’tirofdir.

⚡️ Hilola Nazirova o‘zining chuqur bilim va izlanuvchanligi, yoshlar tarbiyasidagi ishlarga bo‘lgan alohida e’tibori va ijodiy faoliyati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

🚛 Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lish ijodkorning o‘z sohasidagi yutuqlari va mehnatining e’tirofi hisoblanadi.

🎗 “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi nomidan Hilola Nazirovani ushbu yuksak sharaf bilan chin dildan tabriklaymiz!

🔁 English

#Vice_Rector #Nazirova #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM