New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.65K photos
335 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun yangi imkoniyatlar!

⚡️ Hozirda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi tomonidan Kyungsung universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitimga ko‘ra ikki universitet hamkorligida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

🔹zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
🔹universitetlar o‘qituvchi va professorlarining o‘zaro malaka almashinuvi;
🔹talabalar almashinuvi;
🔹o‘qitish materiallari, tadqiqot loyihalari, maqolalar hamda kutubxonadagi resurslar almashinuvi;
🔹birgalikda konferensiya, seminar hamda master-klass tadbirlarini tashkil etish.

📌 Bitim, eng avvalo, ikki universitet o‘qituvchi, professor hamda talabalarining salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

🔁 English

#Hamkorlik_bitimi #Kyungsung_universiteti

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti va O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi!

Kelishuvga ko'ra quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshiriladi:

🔹universiteti talabalari va olimlarining turli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratish,
🔹fan va ishlab chiqarish o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash,
🔹Yaponiyaning yetakchi universitetlari, ilmiy va innovatsion markazlari bilan hamkorlikda ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

🎗Ushbu hamkorlik talabalar va olimlarimiz uchun istiqbolli loyihalar imkoniytatlarini yaratishiga ishonamiz.

🔁 English

#hamkorlik_memorandumi #UJICY

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Dunyoning yetakchi universitetlari “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan yaqin hamkorlik aloqalarini e’tirof etishmoqda

🌐 Universitetimiz dunyoda yetakchi Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Myunxen texnika universiteti (TUM) bilan yaqin hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda.

📚 Hamkorlik aloqalari natijasida hozirda MIT va TUM tajribasi asosida universitetda barcha ta'lim dasturlari xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan.

Dunyoning yetakchi universiteti MIT tomonidan hamkorlik aloqalari sarhisobi tariqasida maqola e'lon qilindi.

Shuningdek, Germaniyaning TUM universitei bilan hamkorlik aloqalari ham hamkorlarimiz tomonidan e'tirof etib kelinmoqda.

🎯Asosiy maqsadlaridan biri xalqaro tajribaga asoslangan sifatli ta'lim berish hisoblangan universitetimiz va talabalarimiz uchun ushbu hamkorlik aloqalari manfaatli davom etmoqda.

🔁 English

#MIT #TUM #hamkorlik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM