Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.2K subscribers
5.26K photos
510 videos
14 files
1.64K links
Download Telegram
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi❓

βœ… Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

πŸ”ΈPrezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

πŸ”ΈGDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

πŸ”ΈBugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.