Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.13K subscribers
5.04K photos
495 videos
14 files
1.57K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабларда «Сўнгги қўнғироқ» тадбирлари
#25may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Navoiy_Prezident_maktabi

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So‘ngra, maktabimizda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzularida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook | Instagram
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
Navoiy shahridagi Prezident maktabi pinned «​#Эълон #Qabul_2022 ❗️DIQQAT E'LON! 📣📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI! Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun…»
#Qabul_2022
#Trening

🔴Qabul jarayonlariga bag'ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yiliga o'quvchilar qabuliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan Agentlik mas'ul xodimlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

❗️Treninglar doirasida qabul jarayonini sifatli tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

📍Mazkur treninglar hozirga qadar Agentlik tizimidagi barcha maktablarda bo'lib o'tdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022

📹 Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha video-qo'llanma taqdim etilmoqda.
——
📹
For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to Presidential schools.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi

#English_is_fun

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida 6-sinf o‘quvchilari bilan "English is fun" musobaqasi tashkil etildi.

O‘quvchilar o‘rtasida jamoaviy ishlash, birdamlikda harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, beshta shart bo‘yicha olib borildi. Bo‘lib o‘tgan bellashuvda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo'lishi talab etiladi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o'quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 2021-2022-o'quv yilidagi yillik bahosi 5 ("a'lo") bo'lishi talab etiladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa tanqidiy fikrlash, muommoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.
______

❗️Shuningdek, qabul yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida сall-markaz faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

📞
Call-markaz raqami: 1206.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2022
#Infografika

🔰Prezident maktablariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro'yxati

🔰Hujjatlar rad etilganda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt berilishi

🔰Hujjatlarning qanday hollarda rad etilishi...

📊Bularning barchasi bilan ushbu infografikada tanishishingiz mumkin.
_______
❗️
Shuningdek, qabul yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida сall-markaz faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

📞
Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube