Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.2K subscribers
5.26K photos
510 videos
14 files
1.64K links
Download Telegram
#Qabul_2022
#Trening

🔴Qabul jarayonlariga bag'ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yiliga o'quvchilar qabuliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan Agentlik mas'ul xodimlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

❗️Treninglar doirasida qabul jarayonini sifatli tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

📍Mazkur treninglar hozirga qadar Agentlik tizimidagi barcha maktablarda bo'lib o'tdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun tashkil etilgan "Muvaffaqiyat strategiyalari" seminar-treninglarning 4-kunidan fotoreportaj.

#Trening #Fotoreportaj

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2
#Navoiy_Prezident_maktabi
#TRENING
#Psychologist_time

"KELAJAGING UCHUN OʻZING MAS'ULSAN!"

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchi-yoshlarni qatʼiy iroda, intizom va masʼuliyat, burch va matonat kabi fazilatlarga ega boʻlgan mustaqil shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida "Kelajaging uchun oʻzing mas'ulsan!" mavzusida trening mashgʻuloti tashkil qilindi.

Maktab psixologi tomonidan oʻtkazilgan ushbu mashgʻulot o'quvchilarda mas'uliyat hissini kuchaytirish, oʻziga bo‘lgan ishonchni oshirish, oʻz-oʻzini rivojlantirishning mumkin boʻlgan yoʻllari haqidagi gʻoyalarni shakllantirish va ijobiy-hissiy muhitni yaratishga qaratildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👍7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#trening_haftaligi
#mutaxassis_fikri

Steve King, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari
:

Kembrij Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maktablari bilan 5 yildan buyon ishlab kelmoqda. Biz Prezident maktablariga STEM fanlaridan taʼlim berish boʻyicha yordam berib kelmoqdamiz va Prezident maktablariga kirish imtihonlarining test materiallarini taʼminlashimiz minglab oʻquvchilarni qamrab olmoqda.

Bu oʻquvchilar mamlakatning kelajakdagi yetakchi liderlari va davlat rivojiga hissa qoʻshadigan kadrlari boʻlib yetishishiga ishonamiz. Bundan tashqari biz Agentlik bilan hamkorlikda malakali kadrlarning shaxsiy rivojlanishi boʻyicha ham Professional Development Qualifications (PDQ) trening dasturlarini ham yoʻlga qoʻyganmiz.

Shu hafta davomida Kembrij universitetining 10 nafardan oshiq professorlari tomonidan 14 ta hududdan kelgan Prezident maktablarining kompyuter taʼlimi, fizika, kimyo, biologiya va matematika fanlari oʻqituvchilari uchun STEM fanlarini takomillashtirilgan holda oʻqitish boʻyicha trening olib borilmoqda.

Biz umid qilamizki, bu treninglardan oʻrganilgan bilimlarini, oʻqituvchilar oʻz maktablarida va bundan tashqari barcha umumtaʼlim maktablari bilan boʻlishishadi. Rahmat.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#trening

🔴 LIVE

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlanish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy tadqiqot instituti tomonidan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari uchun oʻquv savodxonligi kompitensiyalarini rivojlantirish boʻyicha trening oʻtkazildi.
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari

⚡️XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun maxsus trening mashgʻulotlari boshlandi.

Mazkur trening Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, tizimdagi maktablar rahbar xodimlarining boshqaruv salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda rahbarlik malakasini takomillashtirish maqsadlarini koʻzda tutadi.


📶 Trening mashg‘ulotlarini olib borishga AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess taklif etilgan. Xalqaro ekspertlar ilg‘or xalqaro yondashuvlar hamda amaliy bilimlar orqali samarali rahbarlik, o‘zgarishlarni boshqarish, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlikda ishlash va jamoani boshqarish borasida muhim ko‘nikmalar bilan oʻrtoqlashmoqda.

📆13-iyunga qadar davom etadigan trening mashgʻulotlari rahbar kadrlarning xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lishi, ularning zamonaviy menejment yondashuvlarini chuqur anglab yetishi va amalda qo‘llay olishi uchun muhim zamin yaratadi.

🗣Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari asosida olib borilib, ishtirokchilar yangi bilim va koʻnikmalar olish, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📍Tadbirga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM