Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.18K subscribers
4.53K photos
458 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021

Google Developer Groups DevFest Tashkent 2021
| 1-kun!

Bugun, 11-dekabr soat 11:00da GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining onlayn ochilish marosimi boshlanadi.

Onlayn festivalda xalqaro ekspertlarning Android 12, Flutter, Back-end, Web va App UX, FAANG va Googlega qanday qilib ishga kirish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin!

📌Efir linki: https://youtu.be/INSwgOUQCEo

🔗Eslatib o'tamiz, festivalning offlayn qismi ertaga, 12-dekabr kuni Yangi O'zbekiston Universitetida bo’lib o’tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021
#1_kun

Xabar berganimizdek, bugun GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining onlayn ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan va GDG Tashkent kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbir tashkilotchilaridan biri Dilmurod Olimjonov:

- Festivaldan ko'zlangan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamkorlikda o'rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

Bugun, masalan Google kompaniyasida ishlayotgan hamyurtimiz Nodir Nazarov onlayn tadbirimizda o'z taqdimoti bilan qatnashdi va qanday qilib xalqaro kompaniyaga ishga kirish mumkinligi va Google da ishlashning afzalliklari to'g'risida so'zlab berdi. Bular yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiyaga aylanishi aniq.
🔥 Началась регистрация на международный технологический конкурс Technovation Girls 2022 в Узбекистане!

Мы ищем активных девушек от 12 до 18 лет со всех регионов страны, которые хотят научиться:
разрабатывать мобильные приложения;
писать бизнес-планы и запускать социальные стартапы;
получить знания по искусственному интеллекту;
работать в команде;
снимать видео;
готовить презентацию проекта и выступать на публике;
узнать о Целях устойчивого развития.

🤩 У вас есть уникальная возможность стать техническими предпринимателями и лидерами нашей страны. При поддержке наставников-волонтеров, работая в дружной команде, вы сами создадите мобильные приложения, которые помогут решить социальные проблемы. Лучшие команды из Узбекистана могут пройти в финал международного конкурса.

🇺🇿 Крупнейший конкурс Technovation Girls проходит в Узбекистане с 2016 г.
• В 2017 году участницы команды Techno Squad, вместе с родителями поехали на финал Technovation Challenge в Сан-Франциско.
• В 2018 году команда Generation Z, представила Узбекистан на финале в Сан-Франциско.
• В 2021 году команда IT Ladies выступила на международном финале и показала свой проект, как Junior Regional Winner in Asia.

🔝 Вы можете стать следующими победителями! Участие в программе бесплатно. Знание английского обязательно. Для участия всем нужно зарегистрироваться на сайте международного конкурса: https://my.technovationchallenge.org/

___________________________________

🔥 O‘zbekistonda Technovation Girls 2022 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Biz mamlakatning barcha hududlaridan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagilarni o‘rganishni xohlaydigan faol qizlarni izlayapmiz:
mobil ilovalarni yaratish;
biznes-rejalar yozish;
jamoada ishlash;
video tasvirga olish;
omma oldida chiqish qilish;
barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilish.

Mamlakatimizda texnologik tadbirkor va yetakchi bo‘lish uchun noyob imkoniyatga egasiz. Ko'ngilli murabbiylar ko'magida, do'stona jamoada ishlash orqali siz o'zingiz ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni yaratasiz. O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlovning final bosqichiga yo‘llanma olishi mumkin.

🇺🇿 Eng yirik Technovation Girls tanlovi O'zbekistonda 2016 yildan beri o'tkazib kelinmoqda.
• 2017-yilda Techno Squad jamoasi aʼzolari ota-onalari bilan birgalikda San-Fransiskodagi Technovation Challenge finaliga yoʻl olishdi.
• 2018-yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan finalda O‘zbekiston nomidan Generation Z jamoasi ishtirok etdi.
• 2021-yilda IT Ladies jamoasi xalqaro finalda ishtirok etib o‘z loyihasini "Junior Regional Winner in Asia" sifatida namoyish etdi.

🔝 Siz keyingi g'olib bo'lishingiz mumkin! Dasturda ishtirok etish bepul. Ingliz tilini bilish shart. Ishtirok etish uchun barcha xalqaro tanlov veb-saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak, https://my.technovationchallenge.org/
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun

GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining ikkinchi kuniga start berildi.

Tadbir “Yangi O’zbekiston” universitetida bo’lib o’tmoqda.

👉Bizni
jonli efirda kuzating.
⚡️GDG DevFest Tashkent-2021

Dasturchilar festivalining ikkinchi kunidan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

🔸GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

🔸Bugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun, 12-dekabr soat 21:00 da yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlardan kelgan takliflar va “Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Ovozli suhbatimizda bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar ham ishtirok etadilar. Suhbat davomida forumga taklif yuborgan yoshlarga ham soʻz beriladi.

Savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev