Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.49K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

🎗 Bugun "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabining bir guruh o'quvchilari Navoiy vilоyati Karmana tumanidagi 25-sonli maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsadimiz shuki, o'quvchi-yoshlarimiz qalblarida insonlarga bo'lgan mehr-oqibat, insonparvarlik kabi tuyg'ularni shakllantirishdir.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

✳️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan chora-tadbirlar davom etmoqda...

⚡️ Navbatdagi tadbir Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik memorandumiga muvofiq tashkil etildi.
🔴 O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlash, ularda sport-sog'lomlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'ziga xos tadbirda faxriylar, ite'fodagi harbiylar ham ishtirok etishdi.
Dastlab, yoshlarimiz kamondan otish va ko'pkurash musobaqalarida o'zaro bellashdilar.
Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda g'alaba qozongan o'quvchilarimiz maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
📌 Tadbir davomida, ayniqsa, Milliy gvardiya boshqarmasi maxsus guruhining ko'rgazmali chiqishlari barchada birdek iliq taassurot qoldirdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24». Навоий шаҳридаги Президент мактабида спорт фестивали бўлиб ўтди
#Navoiy_Prezident_maktabi

Oldin xabar berganimizdek, maktabimizda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan chora-tadbirlar doirasida bir qator tanlov va musobaqalar e'lon qilingan edi.
Navbatdagi qiziqarli bellashuv, Davlatimiz ramzlaridan biri bo'lmish Gerb timsolini kompyuter grafikasi dasturlarida aks ettirishdan iborat bo'ldi.
⚡️ 8-9-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan ushbu tanlov orqali yoshlar o'z imkoniyatlari va qobiliyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazishga muvaffaq bo'lshdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
ERKIN VА FАROVON HАYOTIMIZ KАFOLАTI
Har qanday mamlakatning taraqqiyoti va rivoji, fuqarolarining irqi, millati va jinsidan qatʼiy nazar shaxs sifatida mustaqil va farovon yashashini toʼlaqonli kafolatlovchi bosh hujjat – konstitutsiyaning jamiyatda alohida oʼrni bor.
Batafsil...
#Tabriknoma
#Konstitutsiya_29_yil

Muhtaram yurtdoshlar!

Konstitutsiya - har bir millatning Bosh qonuni, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat hayotining mustahkam huquqiy asosidir.

Sizni ulugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Xonadoningizga tinchlik, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tinchligimiz abadiy bo’lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
“MADHIYAMIZ 29 YOSHDA!”

❇️Mazkur sana munosbati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tabiiyki, tadbir, aynan davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlanganligi uchun ham, o‘quvchilar, pedagogik jamoa hamda mehmonlarning jam bo‘lib jonajon yurtimizning bosh qo‘shig‘i bo‘lmish madhiyani kuylashdan boshlandi.
O‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinki ruhda davom etgan ma’rifiy tadbirda dastlab, maktab ijrochi direktori D.Tuxfatullina, bugungi qutlug‘ kun bilan barchani samimiy qutladi. So‘ngra, maktabning doimiy hamkorlari - Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi mas’ullari kun tarixi, bosib o‘tilgan yillar mashaqqati, osoyishta kunlar qadri haqida o‘quvchilar bilan fikr almashdilar.
📌Ayniqsa, tadbir davomida so‘zga chiqqanlar madhiya - davlatimiz suvereniteti ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligini ta’kidladilar.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Psychologist_time

🌈Navoiy shahridagi Prezident maktabida ART TERAPIYA o'tkazildi.

❇️ Maktab psixologi Oydin Fayziyeva va art fani o'qituvchisi Maftuna Buriyevalar tomonidan o'tkazilgan ushbu motivatsion jarayon ranglar yordamida o'quvchilar ruhiyatini o'rganish, bolalarning o'z-o'zini anglashiga yordam berish va ranglar orqali o'z hissiyotlarini namoyish etishlariga imkon berdi. O'quvchilardagi stress va ruhiy tushkunlikni ketkazish maqsadida yorqin va tinchlantiruvchi ranglar, bo'yoqlardan foydalanildi.
Shu bilan birgalikda o'quvchilarning ijodkorlikni rivojlantirish, fantaziyani oshirib, tasavvurini kengaytirishlariga zamin yaratildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Vatanimni madh etaman" shiori ostida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq turli mavzularda ko'rik-tanlovlar tashkil etildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
#Qaror_ijrosi
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA PREZIDENT SOVG’ASI TOPSHIRILDI

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi PQ-5188-sonli "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida, jumladan 2023-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus bilan ta'minlash belgilab qo'yilgan edi.

🔸Bugun, 10-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova tomonidan Prezident maktablariga Prezident sovg’asi - avtobuslar topshirildi.

🏢 Avtobuslar Guliston, Namangan, Buxoro, Qarshi, Samarqand, Farg'ona, Xiva va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga taqdim etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube