Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bahromov Asilbek AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri - "Gettysburg College"ga 100 foizlik grant asosida qabul qilinib 260.000 AQSH dollari miqdorida grant sohibi boʻldi.

Shuningdek, Asilbek Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qoʻlga kiritgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
#Diqqat_eʼlon
#parents_meeting

MAKTABIMIZ OʻQUVCHILARINING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

Navoiy shahridagi Prezident maktabida 3-4-5-6-7-10-11-fevral kunlari soat 16-00da ota-onalar yigʻilishlari sinflar kesimida boʻlib oʻtadi.


Uchrashuv davomida ota-onalar 1-semestr natijalari, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi borasidagi qiziqishlari va savollariga javob oladilar.

Ota-onalar yigʻilishidan koʻzlangan asosiy maqsad ota-onalar bilan bir jamoa boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonidagi hamkorligimizni mustahkamlashdir.
#Eco_schools_Uzbekistan

Navoiy shahrida ekologik masalalarga bag‘ishlangan muhim eko-tadbir tashkil etildi. Unda Navoiy shahridagi Prezident maktabi, viloyatimizning barcha "Eco-schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo maktablarning eko-sardorlari va barcha iqlim muammolariga eʼtiborsiz boʻlmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, UNICEF, "Zamin" xalqaro fondi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Unda o‘quvchilar "Young Climate Champions" loyihasi doirasida o‘z ekologik tashabbuslarini taqdim etdilar, ijodiy chiqishlar va qiziqarli mahorat darslarida qatnashdilar.

Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, yosh eko-faollarning yangi g‘oyalari va loyihalari bilan boyitilgan samarali tadbir bo‘ldi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#ochiq_dars

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz fanidan 7-sinf oʻquvchilari uchun ''Active and Passive Voice'' mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Darsni ingliz tili fani ustozlari Mr Melchor hamda Oygul Ravshanovalar hamkorlikda tashkil etib, qiziqarli usulda oʻquvchilarning mavzuni oson oʻzlashtirishlariga erishishdi.


Ochiq darslarni oʻtkazishdan maqsad oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy hamkorligini targʻib etish, taʼlim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida boʻlib oʻtdi.

Bunda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi oʻqituvchilariga Prezident maktabi ustozlari tomonidan baholash tizimi haqidagi maʼlumotlar ulashildi hamda ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Oydin hayot | Prezident maktabi oʻquvchisi 260.000 AQSh dollari miqdoridagi 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi
#uzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube