Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.13K subscribers
4.88K photos
481 videos
13 files
1.51K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

OTA-ONALAR YIGʻILISHI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ota-onalar yigʻilishlariga start berildi.

Bugun 5-sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun boʻlib oʻtgan yigʻilishda farzandlarining 1-semestr natijalari, yutuqlari, maktabdagi hayoti, odob-axloq, tarbiyaviy jihatlari doirasida maktab maʼmuriyati, sinf rahbarlari hamda tarbiyachi ustozlari bilan birgalikda suhbatlar olib borildi.

Ushbu yigʻilish taʼlim-tarbiya jarayonida maktab maʼmuriyati hamda ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi deb ishonch bildiramiz.
#Navoiy_Prezident_maktabi

PARENT'S MEETING

Navoiy shahridagi Prezident maktabida navbatdagi yigʻilish 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda oʻquvchilarning I semestr baholari va fanlarni oʻzlashtirish darajasi muhokama qilindi. Shanba, yakshanba kunlari bolalar oila bagʻrida boʻlganligi inobatga olinib, ota-onalar farzandlari bilan koʻproq birga boʻlishlari va ularning bilimiga eʼtibor berishlari muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yigʻilishda II semest oldida turgan masalalar va istiqboldagi rejalar haqida aytib oʻtildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

OTA-ONALAR YIGʻILISHLARI DAVOM ETMOQDA

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun 7-sinf oʻquvchilarining ota-onalari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Kreativ sinf rahbarlarimiz tomonidan ota-onalar uchun qiziqarli zakovat oʻyinlari ham tashkil etildi. Albatta bu yigʻilgan mehmonlarga pozitiv kayfiyat ulashdi.

OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGIDAGI HARAKAT TA’LIM-TARBIYANI QO‘LLAB QUVVATLASHNING SAMARALI USULIDIR.