Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.53K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Eco_schools_Uzbekistan

Navoiy shahrida ekologik masalalarga bag‘ishlangan muhim eko-tadbir tashkil etildi. Unda Navoiy shahridagi Prezident maktabi, viloyatimizning barcha "Eco-schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo maktablarning eko-sardorlari va barcha iqlim muammolariga eʼtiborsiz boʻlmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, UNICEF, "Zamin" xalqaro fondi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Unda o‘quvchilar "Young Climate Champions" loyihasi doirasida o‘z ekologik tashabbuslarini taqdim etdilar, ijodiy chiqishlar va qiziqarli mahorat darslarida qatnashdilar.

Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, yosh eko-faollarning yangi g‘oyalari va loyihalari bilan boyitilgan samarali tadbir bo‘ldi.