Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Халқаро_таълим_куни
Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
➖ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan
tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
✅ Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.
Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1921
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
➖ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan
tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1921
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
Navoiy shahridagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maslahatchisi Ulug‘bek Toshkenboyev rahbarligida pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda Singapur bilan hamkorlikda joriy etilgan sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) imkoniyatlari hamda uning yordamida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilim va qobiliyatlarini baholash to‘g‘risida ham batafsil tushuncha va ko‘nikmalar berib o‘tildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
Ayni kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (yuqori 9-10-11-sinflar kesimida) bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Robo-coding” olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Bunda viloyatda mavjud ixtisoslashtirilgan maktablardan oʻquvchilar oʻz loyiha hamda ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Navoiy viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada natijalariga koʻra Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflar kesimida 1 tadan gʻolib jamoa mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bahromov Asilbek AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri - "Gettysburg College"ga 100 foizlik grant asosida qabul qilinib 260.000 AQSH dollari miqdorida grant sohibi boʻldi.
✨ Shuningdek, Asilbek Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qoʻlga kiritgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

#Diqqat_eʼlon
#parents_meeting
MAKTABIMIZ OʻQUVCHILARINING OTA-ONALARI DIQQATIGA!
Navoiy shahridagi Prezident maktabida 3-4-5-6-7-10-11-fevral kunlari soat 16-00da ota-onalar yigʻilishlari sinflar kesimida boʻlib oʻtadi.
Uchrashuv davomida ota-onalar 1-semestr natijalari, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi borasidagi qiziqishlari va savollariga javob oladilar.
Ota-onalar yigʻilishidan koʻzlangan asosiy maqsad ota-onalar bilan bir jamoa boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonidagi hamkorligimizni mustahkamlashdir.

#Eco_schools_Uzbekistan
Navoiy shahrida ekologik masalalarga bag‘ishlangan muhim eko-tadbir tashkil etildi. Unda Navoiy shahridagi Prezident maktabi, viloyatimizning barcha "Eco-schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo maktablarning eko-sardorlari va barcha iqlim muammolariga eʼtiborsiz boʻlmagan yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, UNICEF, "Zamin" xalqaro fondi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Unda o‘quvchilar "Young Climate Champions" loyihasi doirasida o‘z ekologik tashabbuslarini taqdim etdilar, ijodiy chiqishlar va qiziqarli mahorat darslarida qatnashdilar.
Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, yosh eko-faollarning yangi g‘oyalari va loyihalari bilan boyitilgan samarali tadbir bo‘ldi.