Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.53K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 99451-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda memorandum tuzildi.

Shu bilan bir qatorda maktabimizda "Vatan tayanchi" xonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu kabi hamkorliklar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Happy_new_year

🎄 Navoiy shahridagi Prezident maktabida fayzli Yangi yil bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

❄️ Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan bayramdan eksklyuziv lavhalarni eʼtiboringizga havola etamiz!

🎊 Kirib kelayotgan 2025-yil bilan barchangizni muborakbod etib, yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi Jasurali Shodiyev WWC olimpiadasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizni yutuqlar bilan tabriklaymiz. Kelgusida bundanda yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Neʼmatova Aziza Raqamli Texnologiyalar Vazirligining Yulduz Tech Awards-2024 sovrindori boʻldi!

❗️Maʼlumot oʻrnida, IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” marosimi bo‘lib o‘tdi va 25 nafar xotin-qizlar taqdirlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

YANGI YIL SHUKUHI

Yangi yil bayrami sovg‘alar hamda o‘yin-kulgular hamrohligidagi ko‘tarinki kayfiyat bilan alohida ajralib turadi.

Bayram munosabati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan barcha xodimlarimizning farzandlariga bayram sovgʻalari ulashildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisi Latipov Murodbek biologiya fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash bosqichida ishtirok etib, faxrli oʻrinni qoʻlga kiritdi va saralashning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Yana bir yuksak marrani zabt etgan, bilim olish yoʻlida tinmay izlanayotgan, maqsadlari sari sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib kelayotgan oʻquvchimizni tabriklaymiz. Keyingi bosqichlarda yuqori natijalarni kutib qolamiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida vatanparvarlik oyligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi aʼzolari, jamoatchilik kengashi, "Veteran-jangchi" faxriylar kengashi aʼzolari va maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Faxriylar o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashar ekan, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga yetib, ona Vatanga sodiq inson bo‘lib ulg‘ayishi kerakligini nasihat qildi. O‘quvchilar esa o‘tgan davr voqealariga tegishli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda , xalqimiz14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi faxri" shiori ostida qurollar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Bu kabi tadbirlarda o‘quvchilarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikdan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamlash orqali ularni harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga erishiladi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi Bitiruvchilar Kengashi Xalqaro aloqalar va taʼlim tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha rais oʻrinbosari maktabimiz bitiruvchisi Shavkatov Utkirbek hamda El-yurt umidi stipendianti Ramazonov Abduaziz bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti haqida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shu bilan bir qatorda maktabni tamomlagach, bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

KELAJAK AVLOD TAʼLIMI UCHUN BARCHAMIZ BIRLASHAYLIK!

🤩 Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi viloyat markazidan 300 km uzoqlikda joylashgan Konimex tumani Otamurod qishlog‘i Uchtepa ovulidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Bundan maqsad tajriba almashish, hududdagi ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish va maktab jamoasi bilan samarali muloqot qilish edi.

Tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ular bilan suhbatlar tashkil etildi. Bundan tashqari, Prezident maktabining tajribali pedagoglari tomonidan STEAM fanlaridan master-klasslar o‘tkazildi. Ushbu darslar nafaqat o‘qituvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdi, balki ularni amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlarini ham o‘rgatdi.

Shu bilan birga,
Prezident maktabi bitiruvchisi, bugungi kunda xalqaro maydonda tan olingan, Abu-Dabida joylashgan nufuzli New York Universiteti talabasi Ahrorbek Nazarov tomonidan maktabning bitiruvchi sinflari uchun universitetga kirish jarayonlari, talabalik hayoti va muvaffaqiyatli o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida
Prezident maktabi jamoasi bilan mahalliy maktab o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlar imzolandi. Ushbu tashabbus olis hududdagi maktablar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ta’limni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

OʻZBEGIM OʻGʻLONLARI - VATANIM POSBONLARI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat ila yurt tinchligini himoya qilayotgan Vatanimiz himoyachilariga bagʻishlangan tadbirda maktabimiz xotin-qizlari jamoasi ijrosida tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Bayramingiz muborak boʻlsin! Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Salimov Sardor informatika fanidan  Qozogʻistonning Ostona shahrida  oʻtkazilgan 21-Xalqaro IZhO 2025 olimpiadasida munosib ishtirok etib qaytdi.

Umumjamoa hisobida Informatika yoʻnalishida Oʻzbekistondan jami 5 nafar oʻquvchi qatnashdi. Shundan har bir oʻquvchi medallarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Salimov Sardor bronza medali bilan taqdirlandi.

Gʻolib oʻquvchimizni Prezident maktabi jamoasi, oilasi va doʻstlari tantanali kutib olishdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

Ochiq darslar haftaligiga start berildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston tarixi fanidan ustozimiz Shahnoza Zohidova 7-sinf oʻquvchilari uchun ''VIII asrda Xuroson va Movarounnahr'' mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Dars integratsionlashgan holda tashkil etilib, mavzu ona tili, geografiya va matematika fanlari bilan bogʻlandi.

Ochiq darslarni oʻtkazishdan maqsad oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy hamkorligini targʻib etish, taʼlim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.