Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh
Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

🔈 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Joylar soni chegaralangan ‼️

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#yil_sarhisobi
#iyul_2024

⚡️2024-YIL IYUL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda barcha maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy viloyatida boʻlib, tizimdagi taʼlim muassasalarida yaqindan oʻrganish olib bordi.

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.

Oʻquvchilarimiz 65-Xalqaro matematika olimpiadasi, 54-Xalqaro fizika olimpiadasi, 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi, Xalqaro matematika musobaqasi, “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi.

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijod namunalari toʻplami nashr etildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident (1-bosqich), ijod, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.

Ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikka kirdi.

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

🤩 2024-yilda Agentlik direktori boshchiligida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish doirasida hududlardagi tizim maktablarida ishchi guruh oʻrganishlari olib borildi, sayyor qabullar tashkil etildi, xalqaro va tashkilotlararo hamkorlik doirasida muhim kelishuvlarga erishildi, iqtidorli oʻquvchilarni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish kabi muhim yoʻnalishlarda tizimli ishlar olib borildi:

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan uchrash oʻtkazildi.

Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi.

Namangandagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining direktorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyi bilan tanishildi.

Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Andijon, Fargʻona, viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Studiya24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazildi.

Samarqand viloyatida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ochildi.

Buxoroda Agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Incheon taʼlim festivalining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston24 | Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbat.

Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Qoraqalpogʻistonda agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Yangi ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Agentlikka tashrif buyurdi.

Agentlikning Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati oʻrganildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Samarqand viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik tizimidagi boks hamda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati oʻrganildi.

Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif qilindi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#avgust_2024

⚡️2024-YIL AVGUST OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Boksga va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qabul kvotasi tasdiqlandi.

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli amalga oshirildi.

Agentlik tizimidagi maktablarda 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

"Raqamli avlod qizlari-2024" loyihasi doirasida mahalliy va xorijlik o‘quvchi qizlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlari oshirildi.

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash targʻibotiga bagʻishlangan onlayn muloqot tashkil etildi.

“Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali tashkil etildi.

Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida ilk bor qatnashib, oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

"Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika oʻquv-treningi oʻtkazildi.

"Yangi O‘zbekiston" universitetida vakillik nazariyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

"Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

"Ma’naviyat fidoyisi" koʻkrak nishoni topshirildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, Тошкент давлат педагогика университети ва "Янги Ўзбекистон" университети биноларининг қурилиши билан танишди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства Национальной библиотеки Узбекистана, зданий Ташкентского государственного педагогического университета и Университета "Новый Узбекистан".

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yil_sarhisobi
#oktabr_2024

⚡️2024-YIL OKTABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Sirdaryo viloyatidagi maktablarda oʻrganish olib bordi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo , Fargʻona, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

"Ixtirochilikka qadam" Respublika tanlovi eʼlon qilindi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Beruniy, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida O‘zFA akademiklari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha hamkorlik loyihalari kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan muloqot tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bilan uchrashuv tashkil qilindi.

“Zakovat” turnirining respublika bosqichi oʻtkazildi.

Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning maxsus ma’ruzasi tashkil etildi.

Oʻquvchimiz toʻliq grant asosida Turkiyadagi nufuzli universiteti talabasi boʻldi.

Xalifa universiteti Prezidenti Ibrahim Al-Hajri Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Massachusets texnologiyalari instituti professori bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchisi IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

 
“Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib, tegishli yoʻnalishlarda tajriba almashdi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Neʼmatova Aziza Raqamli Texnologiyalar Vazirligining Yulduz Tech Awards-2024 sovrindori boʻldi!

❗️Maʼlumot oʻrnida, IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” marosimi bo‘lib o‘tdi va 25 nafar xotin-qizlar taqdirlandi.