Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.35K photos
445 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

HOUSE SPORT OʻYINLARI

🏀 Navoiy shahridagi Prezident maktabida "house" lar oʻrtasida oʻquvchilar va ustozlar ishtirokida basketbol musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirlar liderlikni rivojlantirish, jamoaviy ahillikni oshirish, oʻquvchilar va ustozlar oʻrtasida iliq munosabatlarni shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#harbiy_vatanparvarlik

Navoiy shahridagi Prezident maktabida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻquvchi-yoshlar bilan qizgʻin darslar olib borilmoqda.

Maktabning yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari va harbiy rahbari Oybek Turabov tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari hamkorligida 2002-harbiy qism zobitlari ishtirokida "Oʻquv oʻqotar quroli" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI

Navoiy shahar Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari oʻqituvchisi Oybek Qoʻziyev tomonidan 16-noyabr "Xalqaro bagʻrikenglik kuni" ( International Day for Tolerance ) munosabati bilan "Bag'rikenglik-oliy qadriyat" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat tashkil etildi.

Xalqaro bagʻrikenglik kuni - bu murosasizlikning xavf-xatarlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish uchun 1995-yilda UNESCO tomonidan bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi qabul qilingan, har yili 16-noyabrda nishonlanadigan kun.
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida matematika darsida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Matematika ustozlari boshchiligida 8-sinf oʻquvchilarimiz "Trigonometrik qiymatlar yordamida jismlar balandligini clinometer orqali oʻlchash" mavzusi boʻyicha maktabimiz yaqinida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻining hajmini oʻlchashdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

ROSSIYAGA SAYOHAT

Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" da rus tili fani oʻqituvchisi Nilufar Hafizova "Rossiya" haqida qiziqarli taqdimotni oʻquvchilar eʼtiboriga havola etdi. Rus xalqining madaniyati, hayoti, tabiati, urf-odatlari haqidagi maʼlumotlar barchaga qiziqarli boʻldi.

Maktabimizda haftaning har payshanba kunlari ustozlarimiz tomonidan nutq eshitish anʼanaga aylangan.
#Navoiy_Prezident_maktabi

Hurmatli Hilola Uktamovna!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan maktabimiz jamoasi samimiy qutlaydi. Bugungi kunga qadar maktablardagi taʼlim sifati, ustozlar va maktab nufuzini oshirishga qoʻshgan hissangiz hamda tizimda amalga oshirayotgan islohotlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi faoliyatingizda bundanda yuksak muvaffaqiyatlar, zafarlar tilaymiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi
#School_Champion

KASBIY RIVOJLANISH

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi Qaxorova Shahnoza tomonidan "School Champion" loyihasi asosida ustozlar bilan trening tashkil etildi.

Maʼlumot oʻrnida, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Norvich til taʼlimi instituti, Buyuk Britaniya hamkorligida ingliz tili ustozlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan "School Champion" tanlovida ustozimiz Sh.Qaxorova gʻolib boʻlgan edi. Loyiha asnosida oʻqituvchilarning usluksiz kasbiy rivojlanish koʻnikmalari oshirilmoqda.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#shanbalik

HASHAR — ELGA YARASHAR

Navoiy shahridagi Prezident maktabi Eko qoʻmita aʼzolari va faol yoshlari shahrimizda boʻlib oʻtgan hasharda ishtirok etishdi.

Manzil Navoiazot AJ bo’ldi. Ushbu tadbirda bir guruh ekofaol yoshlar ishtirok etdi va ular tomonidan 1000 tup daraxt ekildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning tabiatga bo’lgan munosabatini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil makon yaratish kabi g‘oyalarni ilgari surishdan iborat.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan maqsad o‘zaro pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy masalalarning o‘zaro integratsiyasi asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va xorijiy tajribalarni joriy etishdan iborat.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

JADIDCHILIK - MILLIY UYGʻONISH ASOSI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "speech time" oʻquvchilarimiz Ikromov Shohruh va Shirinboy Sardor tomonidan "Jadidchilik Harakati: Oʻzbekistonning Taraqqiyot Yoʻlida" mavzusida taqdimot oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.

Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va intellektual harakat–jadidchilikning vujudga kelishi, ma’rifatparvarlik g‘oyalarining kurtak otishi, jadidlar hayoti haqida oʻquvchi-yoshlarga qiziqarli maʼlumotlar berildi.