Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.37K photos
446 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Olimpiada
#Rivojlanish

🌟Har doim turli tanlovlar, olimpiadalarga o'quvchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Chunki bu kabi sog'lom raqobat bolalarimizni o'sishiga, o'z ustida ishlashiga, rivojlanishiga katta turtki beradi🔥

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining bir guruhi "Qorako'l olimpiadasi"🏆dagi ishtiroki va g'alabasi uchun taqdirlanishdi.

Ko'zi yonib turgan, intiluvchan yoshlar - bizning kelajagimiz!✨️

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📆5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida:
Surxondaryo 7
Namangan 7
Farg’ona 7
Xorazm 6
Toshkent shahar 5
Qashqadaryo 5
Andijon 5
Toshkent viloyati 4
Sirdaryo 4
Navoiy 4
Buxoro 4
Samarqand 3
Qoraqalpog’iston 3
Jizzax 2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Olimpiada

🏆 MAKTABIMIZ OʻQUVCHILARI FAN OLIMPIADASIDA GʻOLIBLIKNI QOʻLGA KIRITISHDI!

🏢 Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Ingliz tilidan fan olimpiadasi III - viloyat bosqichida faxrli oʻrinlarni egallashdi.

♻️ Natijalarga koʻra:

1-oʻrin 11-sinf oʻquvchisi Yulduz Gʻulomova
1-oʻrin 10-sinf oʻquvchisi Hulkar Pulatova
2-oʻrin 9-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#olimpiada

❇️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan Agentlik fan olimpiadasining 1-bosqichida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar taqdirlanishdi.

Olimpiada natijalariga koʻra 7-green sinf oʻquvchilarining faol ishtiroki barchaning olqishiga sazovor boʻldi.

Oʻquvchi-yoshlarimizga olimpiadaning kelgusi bosqichlarida omad tilaymiz!

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada Navoiylik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Olimpiada
#Matematika

📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

🗓 Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek —
Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek — Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob — Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

💫 Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
#olimpiada

🌐 Robototexnika va Dasturlash boʻyicha Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda iqtidorli oʻquvchi-yoshlar o'z bilim va mahoratlarini amaliyotda qoʻllab, o'zaro raqobat olib borishdi.

🤖 Olimpiadaning asosiy maqsadi - oʻquvchilarni sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlari boʻyicha qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yoʻnalishda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ragʻbatlantirish va iqtidorlarini roʻyobga chiqarishga shart-sharoit yaratishdan iborat.
#olimpiada

😄Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi

📆 Bugun Respublikamizning 14 hududida 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1480 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may  oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.

💫 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM