Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.53K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#yangi_darsliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agеntligida Ilmiy-mеtodik kеngashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilishda nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi o‘qituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etishdi.

📚 Kengash yig‘ilishida Agentlik tizimidagi maktablarning turli sinflari uchun ishlab chiqilgan Informatika, Matematika, O‘zbekiston tarixi, Ona tili, Fizika, Biologiya, Adabiyot darsliklari hamda ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani ta’lim dasturlari muhokama etilib, ularning taqdimoti o'tkazildi.

📌 Yig‘ilish so‘ngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM