Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.37K photos
446 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Hamkorlik
#Loyiha

"Endless Network" loyihasi tashkilotchilari boʻlmish Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf oʻquvchilari, "No exception" klubi a'zolari bilan birgalikda, viloyatdagi koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatiga loyiha doirasidagi navbatdagi tashrifini amalga oshirishdi.

📣 Uchrashuv davomida yoshlarimiz maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan turli intelektual oʻyinlar, xususan Zakovat oʻyinini tashkil etib musobaqalashishdi.

🔍 Undan tashqari, oʻquvchilarning ingliz tilidan bilimlarini oshirish va nutqlarini yanada ravon qilish maqsadida, ularga chet tili boʻyicha kerakli ma'lumotlar va "speaking session"lar oʻtkazishdi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida Markaziy harbiy okrugga qarashli 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni bilan hamkorlikda memorandum tuzildi.

🔰 Bu kabi hamkorliklar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan maqsad o‘zaro pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy masalalarning o‘zaro integratsiyasi asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va xorijiy tajribalarni joriy etishdan iborat.
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube