NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.39K subscribers
50.3K photos
5.66K videos
513 files
10.7K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#YANGI_IMKONIYATLAR
#Tanlov_sinflari

😎Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni “Maktablarda yangi 2023-2024-oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini yanada  jadallashtirish toʻgʻrisida" kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan
videoselektor yigʻilishining 28-sonli  bayoni 17-bandida “Yuqori sinf oʻquvchilarini oliygohlarning kirish  imtihonida tayyorgarlik koʻrish  imkonini kengaytirish maqsadida  10-11-sinflarda tanlov fanlari  asosida  oʻqitishni joriy qilish” vazifasi belgilangan edi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-martdagi  “Umumiy  oʻrta  taʼlim  muassasalari  yuqori  sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish  toʻgʻrisida”gi 96-sonli buyrugʻi bilan  tanlov fanlarini joriy etish boʻyicha tartib va 2024-2025-oʻquv yiliga  moʻljallangan oʻquv rejalari tasdiqlangan.

  Belgilangan tartib asosida  viloyatimizda 2023-2024-o‘quv yilida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha viloyatda 8 ta maktabda tajriba-sinov ishlari olib borilgan edi. Sinov natijalarining samaradorligi sababli yangi o‘quv yilida umumiy  oʻrta taʼlim muassasalarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika – fizika, kimyo–biologiya, ona tili –  chet tili, matematika –chet tili tanlov  fanlari boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazilib, soʻrovnoma natijalari asosida  umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati shakllantirildi.

2024-2025-o‘quv  yilida viloyatimda  8 ta tuman, shahar MMTB ga qarashli 48 ta maktabda 65 ta tanlov sinfi tashkil etildi, jumladan
🔹Navoiy shahrida 11 ta  maktabda 17 ta tanlov sinfi;
🔹Zarafshon shahrida 5 ta  maktabda 12 ta tanlov sinfi;
🔹Qiziltepa tumanida 10 ta  maktabda 11 ta tanlov sinfi;
🔹Xatirchi tumanida 4 ta  maktabda 4 ta tanlov sinf;
🔹Karmana tumanida 5 ta  maktabda 7 ta tanlov sinfi;
🔹Navbahor tumanida 6 ta  maktabda 6 ta tanlov sinfi;
🔹Nurota tumanida 4 ta  maktabda 4 ta tanlov sinfi;
🔹Uchquduq tumanida 3 ta  maktabda 4 ta tanlov sinflari tashkil etildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM