NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
48K photos
5.47K videos
513 files
10K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Navoiy_shahri

"Bilimlar kuni" bayram tadbiriga filippinlik va rossiyalik til egalari ishtirok etishdi.

🔸Navoiy shahar 12-ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv yilining birinchi qo'ng'irog‘i jarangladi.

🔸Bayram tadbirida maktab jamoasi bilan birga  ota-onalar va jamoatchilik vakillari, shuningdek filippinlik ingliz tili o‘qituvchisi Rheza Jane hamda rossiyalik til egasi, o‘qituvchi Aleksandra Fillipovichlar ishtirok etishdi.

🔸Tadbir mehmonlari yangi 2024-2025-o'quv yili bilan maktabga ilk qadam qo'ygan bolajonlarni, sevimli dargohini tamomlash arafasida turgan 11-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalarini muborakbod etdilar. 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarga Prezident sovgʻalari taqdim etildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Maktablarda_bilimlar_kuni
#Navoiy_shahri

Bugun Navoiy shahridagi maktablarda “Bilimlar kuni” tadbirlari har yilgidan ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tdi.                                                            
Shahardagi 13-sonli umumta'lim maktabi erta tongdan bayramona kayfiyatdagi o‘quvchilar, ota-onalar, maktab pedagogik jamoasi, viloyat va shahar faollari bilan to‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mustaqilligimizning 33 yillik tantanasidagi bayram nutqi o‘qib eshittirdi.
Maktabga qabul qilingan 240 nafar bolajonlarga Prezident sovg‘alari ulashildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri

"SALOM BOG‘CHAM"

😐Navoiy sharidagi 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Õzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan õtkazilgan bayram tadbiridan fotolavhalar.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri
#Diqqat_bolalar

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan umumta'lim maktablarida "Diqqat bolalar" tadbiri doirasida targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Tasvirda: Navoiy shahridagi 1-sonli maktab

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#NAVOIY_SHAHRI
#YOSH_GVARDIYACHI_SINFI_TASHKIL_ETILDI

Navoiy shahridagi 15-IDUM da “Yosh gvardiyachilar” sinflar oʻz faoliyatini boshladi.

"Yosh gvardiyachi" sinfini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad, oʻquvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Milliy gvardiya uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlashga koʻmaklashishdir.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri
#Bizning_faxrimiz

"XALQARO NEOBOT TANLOVI" GʻOLIBLARI ANIQLANDI!

💫Eslatib o'tamiz:, Xalqaro Neobot Tanlovi"ga start berilgan edi.

Mazkur ko‘rik-tanlovning mutlaq g'oliblari aniqlandi!

⭐️Navoiy viloyati 8-umumiy òrta ta'lim maktabi hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabining " Robototexnika va AI" to'garak a'zosi Turdiboyev Behruz Òktam òĝli "MINIHELPER" loyihasi bilan ishtirok etib, kumush medal sohibi boʻldi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_SHAHRI
#SOBIQ_BITIRUVCHI_BILAN_UCHRASHUV

Navoiy shahridagi 16-sonli maktabda 8-sinf oʻquvchilari bilan maktabning sobiq bitiruvchisi, hozirda Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor-psixolog Qutliyev Bahodir Baxtiyor oʻgʻlining uchrashuvi tashkil etildi.

Mehmon o‘zining ish faoliyati va kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir boʻlayotgan koʻngilsizliklar haqida gapirib, barcha oʻquvchi yoshlarni ogohlikka chorladi. Uchrashuv qizgʻin va koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Oʻquvchilar Qutliyev Bahodirdan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv bolalar qalbida yorqin taassurot qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI

KELING, KITOB OʻQING!

📚Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi maʼnolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir.

📗Yoshlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanish maqsadida Navoiy shahridagi 5-IDUM ning 10-“A” sinfning kitobsevar oʻquvchilari oʻzlari qiziqqan badiiy kitoblardan mutolaa qilish maqsadida "KELING KITOB OʻQING" mavzusi ostida kitoblar olamiga sayohat qilishdi.

📗Tadbir davomida, kitobxonlar oʻzbek va jahon yozuvchilarning asarlari haqida kerakli maʼlumotga ega boʻlishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri
#Jadidlar_izidan_haftaligi

📚Jadid maktablari – xalqqa hamma narsadan burun ma’rifat tarqatish, zamonaviy ilm-fanni singdirish zarurligi haqidagi fikr jadidlarning ma’rifatchilik faoliyatidagi eng asosiy maqsad edi.
 
📚Navoiy shahar
22-umumiy o’rta ta’lim maktabining
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Karimova Gavharning
“Jadidlar izidan” haftaligi doirasida
3-“G” sinf o’quvchilari ishtirokida tayyorlagan videoroligi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri
#JADIDLAR_IZIDAN_HAFTALIGI

Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin.

Navoiy shahar 6-maktabida
"Jadidlar izidan" haftaligi doirasida 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Jarayonda xalqimiz mustaqilligi, ravnaqi yo‘lida borini baxsh etgan jadid allomalarimizning hayot yo‘llari va ijodlari xususida ma'lumotlar berilib o‘tildi. O‘quvchilar ham o'zlari mustaqil o‘rgangan ma'lumotlarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdi va shunday buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishimiz kerakligini anglashdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri
#Bayram_tadbiri

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR!

Dedilar, dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,
Ustozin qadriga yetolgan inson.

O‘qituvchilik – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir. Ustozlarimiz yoshlarga ilm, bilim berish bilan bir qatorda barkamollik sari yetaklaydi.

🔹1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan "Farovon" bazmgohida tashkil qilingan mazkur tadbir davomida shahrimizdagi taniqli san’atkorlar, shahar Madaniyat bo'limining xushovoz honandalari ishtirokida konsert dasturi ham namoyish etilib, bayram tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Navoiy_shahri
#Chet_ellik_ustozlar_faoliyati

🔷Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablarda yangi o‘quv yili boshida “TIL EGASI” boʻlgan rus va ingliz tili ustozlari ish boshlagan edi.

📌Navoiy shahridagi 12-sonli umumta'lim maktabiga filippin davlatidan kelgan Rhesa Jane Manzano ham ta'lim faoliyatini qiziqarli olib bormoqda.

Jarayondan video va fotolavhalar

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri
#Iqtidorli_bolalar

📱Navoiy shahridagi 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-I sinf o'quvchisi Abduadizov Shohjahon 4- Butunjahon Kreativ Startaplar tanlovida 3-o'rinni egalladi.

📱Sohibjahon bugungi kunda mustaqil ravishda IT texnologiyalar yordamida daromad topib, oilasiga, ota-onasiga moddiy ko'mak ko'rsatmoqda. Bundan tashqari IELTSdan 7.5 ball to‘plab sinovdan o‘tdi, shuningdek u matematika fanidan xalqaro sertifikat olish uchun (SAT) tayyorgarlik ko'rmoqda.

😎Sohibjahon Abduadizovning erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlariga omad tilaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

📚Navoiy shahar 16-AFChO'I maktabida tabiiy fan o'qituvchilari uchun "Kasbiy rivojlantirish soati" tashkil etildi.
✍️Maktabning 24 nafar tabiiy fan o'qituvchilari o‘quv seminarida ishtirok etishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri

👍 O‘quvchilar ota-onalariga maktab madhiyasini kuylab berishdi

👍Navoiy shahar 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida  “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida pedagoglar jamoasining ota-onalarga murojaati o'qib eshittirildi.

👍Tadbirda maktabning iqtidorli o'quvchilari maktab madhiyasini faxr bilan kuylashdi. Namoyish etilgan badiiy-musiqiy dastur ota-onalar qalbiga quvonch bag‘ishladi.

👍Maktab madhiyasi videolavhada

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri

“GIMNASTIKAGA ILK QADAM” FESTIVALI O‘TKAZILDI

💥Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilar o‘rtasida gimnastika sport turi ommaviyligini oshirish maqsadida Navoiy shahridagi 12-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Gimnastikaga ilk qadam” festivali o‘tkazildi. Festivalda shahardagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining gimnastikachi qizlari ishtirok etishdi.

📣 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🏆 10-son DMTT tarbiyalanuvchilar jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 
🏆 32-, 11-son DMTTlar tarbiyalanuvchilar jamoasi 2-o‘rinni,
🏆 26-, 27-son DMTTlar  tarbiyalanuvchilar jamoasi 3-o‘rinni
qo‘lga kiritishdi. 

💥Festivalning yakuniy qismida yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining diplomi bilan taqdirlanadi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_shahri
#3_kun

🔈XALQARO TAJRIBALAR O‘RGANILMOQDA

😐Navoiy shahridagi Profi universitetida xalqaro tajribalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari qizg‘in davom etmoqda.

📚Mazkur o‘quv kurslarida shahrar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 33 nafar uslubchilar ishtirok etib, trening  madhg‘ulotlarida bolalarga erta yoshdan ta'lim berishda nutq va savodni rivojlantirishga ko'maklashish mavzuida, xususan bolalar hayotning boshidanoq gapirishni qanday o'rganishi va bolalarning gapirishi, tushunishi uchun ta'sir qilishining ahamiyati haqida zamonaviy metodikalarni o‘rganishmoqda.

➡️Shuningdek, ta'lim tashkilotlarida yoshga mos kitoblar, san'at va ijodiy faoliyat orqali tilni rivojlantirish ( xalq ogzaki ijodi asosida) uslublari haqida bilim va malakalarga ega bo‘lishmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YASHIL_MAKON_LOYIHASI
#Navoiy_shahri

🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata,
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

🌿
Barchamizga ma'lumki, hozirgi kunda butun respublikamiz bo'ylab "Yashil makon" loyihasi davom etmoqda.

Shu munosabat bilan shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Shalola Xamidova boshchiligida bo'lim xodimlari ham mazkur loyihaga o'z hissalarini  qo'shib, shahardagi 3-umumta'lim maktabida ko'chat ekish ishlarida faol ishtirok etishdi.

🌿Shu bilan birga bo‘lim boshlig‘i maktabda yangi tashkil etilgan issiqxona sharoitlari bilan tanishib, turli xildagi xonaki va dala gul ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HOKIM_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI
#NAVOIY_SHAHRI

Shahardagi 8-umumta'lim maktabida "Hokim va Yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

UCHRASHUV DAVOMIDA:
shahar hokimi o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr bildirildi.
shahar hokimi oxirgi 5 yilda
Navoiy viloyati, jumladan, Navoiy shahri maktab o‘quvchilari oliy ta’limga kirish bo‘yicha Respublikada yetakchilik qilayotganini faxr bilan qayd etdi.
o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan shahar hokimiga murojaat qilishdi.
hokim yoshlarga o‘z maqsadlari sari intilish, ta’lim olish va jamiyatda faol bo‘lishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
📍#NAVOIY_SHAHRI

NAVOIY SHAHRIDA TA’LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BO‘YICHA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
🔖Bugun Navoiy shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabi binosida vanbatdagi Ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔖Tadbirda Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari — shahar hokimi matbuot kotibi Bobur Ahrorov, shahar Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shalola Xamidova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.G‘aybullayev, shahar MMTB mas’ullari hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

🔖Tadbirda shahar MMTB boshlig‘i Sh.Xamidova tomonidan hisobot taqdim etilib, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar va olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muloqot savol-javoblarga boy, ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

🔖Ta’kidlash joizki, Navoiy shahri so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida respublikada peshqadamlikni saqlab kelmoqda.

📚Ma’lumot o’rnida:
Shaharda 23 ta umumta’lim maktabi mavjud;
16 ta maktabda ta’lim o‘zbek tilida, 5 tarus-o‘zbek tillarida, 2 ta maktabda — rus tilida olib boriladi;
30 746 nafar o‘quvchi o‘zbek tilida, 9 016 nafar o‘quvchi rus tilida ta’lim olmoqda;
2025-yilda 22 ta maktabni 2651 nafar bitiruvchi (shundan 1376 nafari qizlar) tamomlaydi;
Hozirgacha 40 nafar o‘quvchi muddatdan oldin talabalikka erishgan;
812 nafar bitiruvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan.

🔖Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Bu orqali Navoiy shahrida ta’lim sohasi yosh avlodni bilimli, iqtidorli va yuqori malakali kadrlar etib voyaga yetkazishga qaratilgan izchil ishlarni davom ettirilmoqda.

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Veb Sayt |Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM