#MAKTAB_PEDAGOGIK_JAMOASINING
#OTA_ONALARGA_MUROJAATI
👍 Navoiy shahar 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida pedagoglar jamoasining ota-onalarga murojaati o'qib eshittirildi.
❤️ Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi xodimlari, shahar hokimligi, Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi vakillari, Milliy gvardiya mas'ullari , "Farovon" MFY faollari va o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
❤️ Yigʻilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i R. Hayitova, MMTB tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo'lim boshlig'i D. Imomova, Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari mayor Z. Karimov, Milliy gvardiya Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari I.Ismoilov , "Farovon" MFY raisi B.G'oyibnazarovalar so'zga chiqib, farzand tarbiyasida maktab-oila-mahalla hamkorligi, ota-onalar zimmasidagi mas'uliyat, farzandlarimiz ongida vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirish, millat fidoyilari - jadidlarimizga munosib avlod sifatida tarbiyalash hamda vatan ravnaqi uchun munosib vorislarni kamolga yetkazish haqida alohida ta'kidlab o'tdilar.
❤️ Maktab o'qituvchisi Dilora Temirova tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota-onalarga muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqi asosidagi maktab pedagogik jamoasining murojaati o'qib eshittirildi.
👍 “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda farzandlarimizning ezgu intilish va tashabbuslari, ularning qiziqishlarini, iqtidorlarini, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ota-onaning o‘zaro samimiyati, farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, kitob o'qishga da'vat etish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ta’kidlab o’tildi.
❤️ Tadbir so'ngida maktabning iqtidorli o'quvchilari tomonidan namoyish etilgan adabiy-badiiy, musiqiy dastur ota-onalarda katta taassurot qoldirdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
#OTA_ONALARGA_MUROJAATI
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5👏1