NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.39K subscribers
50.3K photos
5.66K videos
513 files
10.7K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
Президент Шавкат Мирзиёев Президент Эммануэл Макронни Франция миллий байрами – Бастилия ишғол этилган кун муносабати билан табриклади.

Президент Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Эммануэля Макрона с национальным праздником Франции – Днем взятия Бастилии.

#Mirziyoyev #qutlov #Fransiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xorijiy_hamkorlik
#Fransiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda o‘quvchilar erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

✔️ Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️O'z navbatida Izabel Dyumon O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar to‘plami Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tanlov
#Fransiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi maktablarning fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etganligi haqida xabar bergandik.

Bugun ushbu tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm, Buxoro, Farg’ona, Andijon, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan nomzodlar ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonlari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim yo‘nalishi bo’yicha attashesi Serj Bellini hamda vazirlik mas'ullari tomonidan o’tkazildi.

🔰Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy malakasi, dars metodlari, ta’limda zamonaviy metodlardan foydalanish ko’nikmasi mas'ullar tomonidan baholab borildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi.

✔️ Suhbat jarayonlari davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Amaliyot
#Fransiya

🔴 Umumta'lim maktablarining fransuz tili fani ustozlari uchun Fransiyadagi amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

Amaliyot davomida loyiha ishtirokchilari uchun mahorat darslari bilan bir qatorda:

Ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
Fransiya va O‘zbekiston ta'lim tizimlaridagi o‘xshashliklar va tafovutlar,
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi mavzularda seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Darslar qizg‘in munozaralar shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ustozlar o‘z savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishmoqda.

Ma’lumot uchun: viloyatimizdan 6 nafar fransuz tili o‘qituvchisi: Navbahor tumani 26-maktabdan Ahmedov Farhod, Namozov Sherzod; Karmana tumani 13-maktabdan Jurayeva Oynaxon; Qiziltepa tumani 2-maktabdan Jo'rayeva Ramziya; Nurota tumani 7-maktabdan Hamroyeva Dilfuzalar ishtirok etmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
#Fransiya

Fransuz tili ustozlarining amaliyoti davom etmoqda

Darslar Frankafoniya markazida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda darslarda ishtirok etishmoqda.

Unda ustozlarimiz tomonidan taqdimotlar ham tashkil qilinib, mavzu yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglanmoqda.

Bundan tashqari, dastur ishtirokchilari uchun Fransiyaning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab sayohatlar ham tashkil etildi.
________
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda bu loyihada 120 nafar fransuz tili ustozi qamrab olindi. Keyingi yilda esa 300 nafarga yaqin ustozlarning jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

🔴Ayni damda UNESCO tashkilotining Parijdagi shtab-kvartirasida “Raqamli ta’lim haftaligi-2024” bo’lib o’tmoqda.

📍Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

📌 Tadbir doirasida raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilishga doir olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlar natijalari bo'yicha atroflicha muhokama muloqotlari tashkil qilindi.

Tadbir davomida, shuningdek:

tajribalarni bo’lishish,
innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar tahlil etildi.

👉Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг таклифига биноан 11-13 март кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Французской Республики Эммануэля Макрона 11-13 марта посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Франция Республикасининг олий мукофоти - Фахрий легион ордени билан тақдирланди. Давлатимиз раҳбарига юксак мукофотни Франция Президенти Эммануэль Макрон тантанали равишда топширди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев награжден Орденом Почётного легиона – высшей наградой Французской Республики. Высокую награду главе нашего государства торжественно вручил Президент Франции Эммануэль Макрон.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Елисей саройида Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон номидан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев шарафига давлат қабул маросими уюштирилди.

В Елисейском дворце от имени Президента Французской Республики Эммануэля Макрона дан государственный прием в честь Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X