NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.57K subscribers
43.2K photos
5.01K videos
509 files
8.63K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
⚡️#LIDERLAR_HAFTALIGI
🔷
#SEMINAR_TRENING
🔷
#XATIRCHI_TUMANI

Zamonaviy maktab - liderlar nigohida

📍Bugun Xatirchi tumanida ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

✳️Mazkur treningda maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan.

@xatirchi_tumani_xalq_talimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamg'armasi
#Xatirchi_tumani

Vazir jamg'armasidan to'lanadigan ustama uchun bo'lgan tanlovda g'olib bo'lgan 2-umumta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Murodov Ilhomning mulohazalari...

🔖Ma'lumot uchun, xatirchilik 14 nafar o'qituvchi vazir jamg'armasidan to'lanadigan ustamani qo'lga kiritdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
🔴#Jonli_efir
#XATIRCHI_TUMANI

Tumandagi 20-IDUMda o'tkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi (tuman) bosqichidan fotolavhalar.

Ma’lumot uchun, 28 ta maktabdan 140 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

🏆Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#XATIRCHI_TUMANI
#BIZ_AHIL_JAMOAMIZ

Jamoani jipslashtirish, jamoaviylikni rivojlantirish, ularni emotsional, psixologik yaqinlashtirish, jamoada birgalikda faoliyat koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida muammoli vaziyatlarning psixologik yechimi, nizoli vaziyatlarni hal qilishda hulq-atvor modelini aniqlash, doʻstlik va oʻzaro hurmat hissini shakllantirish, stress va asabiyliklarni oldini olish maqsadida bugun Xatirchi tumanidagi 25-umumta'lim maktab pedagog xodimlari oʻrtasida "BIZ AHIL JAMOAMIZ" nomli trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Treningda nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning salbiy va ijobiy tomonlari, inson oʻzini baxtli his qilishi uchun sabablar, shukronalik, inson tasavvur olami mavzular va kayfiyat koʻtaruvchi oʻyinlar kabi trening mashgʻulotlari oʻtkazilib, ishtirokchilar kayfiyati koʻtarildi.

Trening barchaga bayramona kayfiyat va koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Xatirchi_tumani

HUDUDLARDAN XABARLAR

Tuman hokimi Umidjon Adizov 1-sektor hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha tegishli mas'ullarga tavsiya va ko'rsatmalar berildi

4-umumta’lim maktabida “Abituriyent shtabi -kelajakka mustahkam qadam” shiori ostida o‘tkazilgan seminar treningda tuman MMTB boshlig‘i M.Muxtorov, tuman hokimi o‘rinbosari J. Rashidov hamda hududiy maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda “abituriyent shtabi” faoliyatini takomillashtirish, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish foizini oshirish, ularni bandligini ta’minlash kabi muhim vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchisi A.Faxriddinovani xalqaro va milliy sertifataklarni qo‘lga kiritib talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_jamgʻarmasi
#Xatirchi_tumani

Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama uchun bo‘lgan tanlovda g‘olib bo‘lgan
Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi Zuhriddin Xudoyberdiyev mulohazalari...

🔖Ma'lumot uchun, xatirchilik 7 nafar, shundan 2 nafari Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchi vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamani qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Xatirchi_tumani

📗“BILIMLAR KUNI” TADBIRI

🇺🇿 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbiri ishtirokchilarda o‘chmas taassurot qoldirdi.

Tadbirni Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda  bugungi  “Bilimlar kuni” bilan barcha bayram qatnashchilarini samimiy tabriklab, tadbirni ochib berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mehmonlar o‘quvchi yoshlarni bilim cho‘qqilarini zabt etishda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Xatirchi_tumani
#Fan_olimpiadasi

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan Respublika fan olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.

⚡️O‘quvchilarimizga omad tilaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
#Xatirchi_tumani
#Asosiy_fan_olimpiadasi

Ayni damda Xatirchi tumanida asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlarda ta'lim muassasalarining 539 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, chet tillari, Davlat va huquq asoslari fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xatirchi_tumani

"Diyor 24".
Insholar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM