#Mutolaa_vaqti
Eng qayg‘uli hikoya
Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyadan ko‘tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo‘lib qolgandi. Qavatma-qavat ko‘tarilisharkan, vaqtni o‘ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayg‘uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to‘qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg‘uli hikoyani Sem aytib berdi.
– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo‘lib yiqildi.
👉@navoiy_kundaligi✅

BIRI IKKI BO‘LMAGAN…
Qadimda ikki aka-uka bo‘lgan ekan. Ikkalasi harchand uringani bilan ishi yurishmas, omadi chopmas ekan. Kunlardan birida aka-ukalar Donishmand huzuriga borib, maslahat so‘rabdi:
— Shuncha harakat qilsak ham birimiz ikki bo‘lmaydi. Nima qilaylik?
Donishmand aytibdi:
— Ikkovlaring inoqmisan? Faqat to‘g‘risini gapir!
Aka-ukalar noahil ekanini tan olibdi.
— Ey, nodon! — debdi donishmand. — Ikkisi bir bo‘lmaganning qandoq qilib biri ikki bo‘lsin?
✍️O‘tkir Hoshimov
📚 "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

#Mutolaa_vaqti📖
IJODKOR
📜 – Men katta yozuvchi boʻlmoqchiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga. – Ijod qilayotganimda halal bermanglar!
U tunu-kun ijod qildi. Unga koʻzlarini moʻltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib boʻyniga osilolmagan oʻgʻlini ham koʻrmadi. Juftiga bagʻishlolmagan izhorlarini kitobiga bitdi. Farzandlariga ayta olmagan shirin soʻzlarini kitobiga yozdi. Oilasiga koʻrsatolmagan gʻamxoʻrlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Uning shoh asarlari minglab nusxalarda chop etildi. U shon-shuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qoʻlidagi qalamni qoʻyib. – Keksayibman…
Shunday deya atrofiga qaradi: hech kim yoʻq edi. U bir uyum kitoblari ichra yolgʻiz qolgandi.
✍️ Nodirabegim Ibrohimova
👉@navoiy_kundaligi👈

📜 “OTCHOPAR” DA
“Otchopar” bozorida eski do’stimni uchratib qoldim. Matematik... Olim... Sigaret sotib o’tirgan ekan... Meni ko’rib ko’zini yashirdi. Men ham burilib ketdim… Ikkalamiz birbirimizdan nega uyalganimizni bilmayman. Negadir. yig’lagim keldi…
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
✍️ O‘tkir Hoshimov

📜 Odat
Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, hayron bo’lmang.
Bo’yinbog’ingizni yechishga ko’maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko’rsa, hayron
bo’lmang.
Majlisda nima masala ko’rilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Majlisda necha kishi qatnashganligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Kimning yonida o’tirganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Telefoningizning rangi qanaqaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Necha kishi qo’ng’iroq qilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Qayerda tushlik qilganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufet nechanchi qavatdaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Nima ovqat yeganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufetchining yoshi nechadaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Sizga choyni qaysi qo’li bilan uzatganini so’rasa, hayron bo’lmang!
Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so’rasayam hayron bo’lmang.
Qiziquvchanlik-ayolning tabiiy odati!
✍️ O‘tkir Hoshimov
📚Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

"O‘g‘limning muhtaram o‘qituvchisi!
…Men o‘g‘limga hayotni bo‘yab-bejab ko‘rsatishingizni istamayman. U hayotda hamma ham adolatli va samimiy bo‘lavermasligini bilishi shart.
Siz unga hayotda ablahlar ham qahramonlarga aylantirilishi mumkinligini, uquvsiz va takabbur rahbarlarga ham sodiq xodimlar uchrashi mumkinligini tushuntirishdan qo‘rqmang.
Unga uqtiringki, modomiki dushmanlari bor ekan, demak do‘stlari ham bo‘ladi.
Bilaman, bunga ancha vaqt sarflanadi, lekin imkoningiz bo‘lsa, unga nohalol yo‘l bilan topilgan o‘n dollardan ko‘ra, halol yo‘l bilan topilgan bir dollar ko‘proq foyda keltirishini o‘rgating.
Shunday ta’lim beringki, u g‘alaba nashidasini surish uchun oldin yutqazish alamini totib ko‘rish kerakligini anglasin.
Qo‘lingizdan kelsa, uning tabiatiga hasad chang solmasligining chorasini ko‘ring.
Unga maqtanchoq odamlar ustidan g‘alaba qozonish juda ham oson bo‘lishini his etishga sharoit yarating. Yana imkoningiz bo‘lsa, uni kitoblarga oshno qiling…
Shunday ta’lim beringki, u jasur, kuchli, temir irodali yigit bo‘lib ulg‘ayish bilan birga, ko‘kdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan va bu gullardan bol yig‘ib yurgan asalarilardan, qo‘yingchi tabiatning betakror go‘zalliklaridan ta’sirlana oladigan nozik qalbga ham ega bo‘lsin.
Shunday o‘qitingki, u hayotdagi eng mayda holatlar yuzasidan ham mulohaza qilib ko‘rishni o‘rgansin.
Men uning shu kichik yoshidanoq hayotda qalloblik qilib g‘alabaga erishgandan ko‘ra, halollik tufayli omadsizlikka uchrash afzal ekanini anglab yetishini istayman.
Uni atrofdagilar har qancha o‘z yo‘riqlariga yurgizishga urinishmasin, o‘z shaxsiy fikrlarida sobit tura olishga ham o‘rgatasiz, degan umiddaman.
Uni yumshoq fe’llilar bilan – yumshoq, qahrlilar bilan qahrli bo‘lishga o‘rgating.
O‘g‘limga mohiyatni anglamasdan turib, g‘alaba qozonganlar tarafiga o‘tib ketadigan olomonga ergashmaslikni uqtirishga harakat qiling.
Uni hammani eshitishga va har bir eshitganlarini mulohaza qilib, haqiqatni ajratib olishga o‘rgating.
O‘rgata olsangiz, mahzun vaqtda kulish kerakligiga o‘rgating.
Vaqti kelganda ko‘z yoshi to‘ka bilishni va buning hech uyatli emasligini o‘rgating.
Unga o‘ziga ortiqcha zeb bermaslik kerakligini o‘rgating.
Zarurat bo‘lganida o‘z aqli va tanasidagi mushaklar kuchini eng qimmat narxda sotishi mumkin-u, lekin o‘lsa ham yuragi, ruhi, vijdonini sotishga haqqi yo‘qligini anglating.
Unga jasur bo‘lish uchun eng avvalo sabrli bo‘lish lozimligini uqtiring. O‘tda qattiq toblangan po‘latgina yuqori sifatga ega bo‘lishini tushuntiring.
Unda o‘ziga ishonch hissini shakllantiring, shundagina u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda bo‘ladi.
U bilan yumshoq, lekin ortiqcha muloyimliksiz muomala qiling.
…Bilaman, Sizdan istayotganlarimni bajarish oson ish emas, lekin, har holda so‘raganlarim orasidan qo‘lingizdan nima kelishini ajratib olsangiz ham bo‘ladi.
U ajoyib bola, yaxshi bola — mening o‘g‘lim!.. Balki u ham kelajakda dunyoning yetakchi liderlaridan bo‘lar…
Sizga cheksiz hurmat va ishonch bilan Abraham Linkoln, 1855 yil".
AQSHning o‘n oltinchi prezidenti Abram Linkolnning besh yoshli o‘g‘li Uilyamning o‘qituvchisiga yozgan maktubi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa_vaqti
📹 “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi 10 daqiqada
✍️ O‘tkir Hoshimov
♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!
👉@navoiy_kundaligi👈
📹 “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi 10 daqiqada
✍️ O‘tkir Hoshimov
♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!
👉@navoiy_kundaligi👈
#Mutolaa_vaqti📖
Savdogar va Jin
Kunlarning birida bir savdogar sahrodan Alovuddinning sehrli chirog‘ini topib oldi.
- Tila tilagingni, - dedi jin.
- Sendan istagim shuki, vaqtni ortga qaytarib bersang?! - so‘radi savodogar.
- Bundan senga nima naf? Sen yaxshisi mol-dunyo, zebu-zar, qasru-koshonalar so‘ra bajo keltiray.
- Mening hamma narsam bor ammo, - mayuslandi savdogar. - Men uzoq yillardan beri savdogarlik bilan shug‘ullanaman. Mol-dunyo deb hali u yurtda, hali bu yurtda bo‘lib ota-onam xizmatini qila olmadim. Ularning diydoriga to‘ya olmadim. Savdogarlik qilib uzoq yurtlarda yurgan chog‘im ular bu olamni tark etishdi. Ularni yo‘qotgandan so‘ng toplagan mol-dunyoyim ham tatimay qoldi. Mening bor boyligim ol! Faqat vaqtni ortga qaytarib ber. Ota-onamni juda sog‘indim. Ularsiz menga mol-dunyoning keragi yo‘q. Ularning xizmatini qilay, ularga yaxshi ko‘rishimni aytay, duosini olay, xatolarimni to‘g‘rilay, iltimos sendan vaqtni ortga qaytarib bersang!
- Eh nodon, odam, - xo‘rsindi jin. - Agar vaqtni ortga qaytarishning imkoni bo‘lganda men ming yillardan buyon kimdir ozod qilishini kutib shu xumchada o‘tirarmidim!...
Xulosa o‘zingizdan
✍️Oqil To‘raqul

🕊IBRAT
Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarning kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi.
Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi," dedi.
Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob,” dedi.
Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi.
O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. Bu holat o‘sha ko‘rolmay qolganim sirk tomoshasidan ham chiroyliroq edi.
Tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan bo‘lishiga ko‘proq amin bo‘ldim...
✍️Charli Chaplin

BOZORDA
Robiya yetti yoshli qizini bozorga jo‘natdi. Qo‘liga zarur mahsulotlar ro‘yxatini yozib berdi: bir kilodan kartoshka, piyoz, sabzi, parvarda, yarim kilo go‘sht... Shunga yetadigan pul tutqazdi.
Tushga yaqin qizi mayishib, bir dunyo narsani ko‘tarib keldi. Robiya bozorlikni olib ko‘rar ekan, xursand bo‘ldi: qizi koriga yaraydigan bo‘lib qoldi! Rahmatli eri hayot bo‘lganida-ku, har yakshanba o‘zi bozorlik qilardi. Robiya ko‘ngli to‘lib, qiziga rahmat dedi. Qizi esa, cho‘ntagidan pullarni chiqarib berdi.
— Bu qanaqasi?! — dedi Robiya hayron qolib. — Buncha narsani qaysi pulga olib kelding?
Qizining ko‘zida yosh yiltilladi:
— Hech kim pulimni olmadi. Kartoshkachi amakiyam, piyozchi amakiyam: «Rahmatli otang yaxshi odam edi, yosh ketdi», deb bir kilodan emas, ikki kilodan berdi. Pulimni esa olishmadi.
Robiyaning mijjasiga yosh qalqib chiqdi.
✍️Jasur KENGBOYEV

EGASIZ QABR
Safoxo‘ja yangi olgan mashinasida kibr bilan yelib borarkan, birdan ko‘zi ko‘cha chetidagi qabristonga tushdi.
Qiziq, anchalar bo‘lib ketibdi, qabristonga dadasining qabrini ziyorat qilgani kirganiga.
Xarob bir holatda edi.
Tushib ham ketgandir, deb
xayolidan o‘tkazdi.
To‘xtab kirmoqchi bo‘ldi, lekin vaqt tig‘iz edi.
Bugun yangi hamkorlar bilan uchrashuvi bor. Indamay o‘tib ketdi...
Shanba kuni uyi oldida
turgandi bir mo‘ysafid kelib:
– “O‘g‘lim, yaxshimisan, bilaman ishing ko‘p, tinmaysan, lekin bezabonlar dunyosidan ham bir xabar olgin, otangni go‘ri tushib ketibdi. Ichiga kirib bir kuchuk to‘rtta bola tug‘ibdi. Kuchukchalarni ingrashidan qidirib borsak otangni go‘rining tushib ketgan tarafida ekan.”-dedi.
Safoxo‘ja boshidan sovuq suv quygandek bo‘ldi. Ishchilariga telefon qilib chaqirib qabristonga kelishdi. Otasining qabrini tuzatib, ustiga chiroyli qilib maqbara qurdirdi.
Uyiga keldi-da, o‘yga tolib
qoldi:
– “Ikkita o‘g‘lim bor, bir kun mani ham qabrim bu bolalar qo‘liga qolsa, itlarga tug‘ruqxona bo‘lishi aniq. O‘lim haq, baribir bir kun o‘laman, ertagayoq borib yaxshi ustalarni olib kelib o‘zimga maqbara qurdiraman. Eng ko‘rkam va eng mustahkam. Ichiga it u yoqda tursin, qurt ham kirolmaydigan qilib.”
Ertasiga qabriston chetidan o‘zi uchun joy tanladi. Qurilish ishlari boshlanib ketdi. Naqd 3 ming dollar sarfladi. Agar ilgari uch qavatli uyi va super mashinasi uning faxri bo‘lgan bo‘lsa, endi qabri bilan faxrlanardi.
Haqiqatan bunaqasi hali hech kimni aqliga kelmagandi.
Kunlar o‘tdi. Safoxo‘ja yana mol-u dunyo dardida o‘z ishiga sho‘ng‘ib
ketdi. Erta-yu kech mol-u davlat ketidan quvardi.
Bir kun o‘rtoqlari bilan
suv omboriga dam olishga borishdi. Ziyofat zo‘r o‘tdi. Dasturxonda inson jonidan boshqa hamma narsa bor edi... 50ta, 50ta bilan hammasining kayfi oshib qoldi...
Suv bo‘yida motorli qayiq bilan pul ishlayotgan bola “Bu mast akalardan ham pul ishlay..” degan maqsad bilan ular yoniga keldi...
Safo turib:
– “Qani ketdik uka, man
minaman motorli qayig‘ingga..”, - deya o‘rtoqlarini ham undadi...
4 kishi motorli qayiqqa minib suv ombor o‘rtasiga
qarab suzib ketishdi.
Qayiq katta tezlikda suvda uchib borar edi.
Safoxo‘ja o‘rnidan turib
telefoni bilan do‘stlarini
suratga ola boshladi.
Qayiqchi bola:
– “Aka, o‘tiring, yiqilib
ketasiz suvga",- deb
ogohlantirdi.
– “Yiqilsam, qirg‘oqqa suzib chiqaman", - deb yana surat olishda davom etdi. Shu payt aroq o‘z kuchini
ko‘rsatib, gandiraklab orqasiga yiqildi. U suzishni bilmasdi, qo‘l oyoqlarini qimirlatishiga qaramay suv tubiga torta boshladi.
Katta tezlikdagi qayiq ancha o‘tib ketib, ortga qaytib kelib uni izlay boshlashdi. Suv allaqachon o‘ljasini tubiga tortib ketgandi. Uni tirik topishdan umidini uzgan do‘stlari g‘avvoslarni olib kelib o‘ligini izlay boshlashdi. Suv omborni o‘rtasi ancha chuqur, ham suv ostida oqim borligi tufayli o‘likni topish qiyin bo‘ldi. 5 kun davom etgan qidiruv samara bermadi. Qishloq ahli, tanishlar kelib suv bo‘yiga, g‘oyibga janoza o‘qib ketishdi.
Mustahkam qurilgan qabr esa egasiz qolib ketdi...
Sa’diy aytadi:
Ey, sen xoja, bu dunyodan
bexabar,
Ertayu kech to‘playapsan
sim-u zar,
Aslida bu dunyodan bir gaz kafan ulushing,
Lekin hali gumondir bunga
loyiq bo‘lishing..!

MUNOSIB MUKOFOT
Bir zamonlar yonma-yon umrguzaronlik qilgan ikki qo‘shni bor ekan. Biri savdogar boy, ikkinchisi kambag‘al bo‘lib, xotini norozi bo‘lar, erini nimadir qilishga da’vat etar ekan. Oxiri u ham savdogarlik qilmoqchi bo‘lib, bir qop piyozni orqalab yo‘lga tushibdi. Uzoq yo‘l bosib bir yurtga boribdi. Bu yurtdagilar piyozni ko‘rmagan ekan. Ular piyozni yeb ko‘rishibdi, ekib ko‘paytirishibdi. Bu ishlarning dovrug‘i podshohga yetibdi. U piyoz olib kelgan kishiga bir qop piyoz o‘rniga ikki qop oltin berishni buyuribdi.
U yurtiga qaytib boy-badavlat bo‘lib ketibdi.
Endi qo‘shnining tinchi yo‘qolibdi. U qo‘shnisidan bir amallab qanday boyib ketganini so‘rab bilibdi. Bir qop sarimsoq piyoz olib o‘sha yurtga yetib boribdi. Yeb ko‘rishibdi, ekib ko‘paytirishibdi. Ham ovqat, ham shifobaxsh ne’mat ekan, deb rosa maqtashibdi. Podshoh unga mukofot berishda rosa o‘ylanibdi, a’yonlarini saroyga to‘plab maslahatlashibdi. Avvalgi savdogardek ikki qop oltin berib qo‘yaqolish adolatsizlik bo‘lishi mumkin, deyishibdi a’yonlar. Oxiri oltindan qimmatroq narsa beraylik, degan maslahat bilan podshoh unga bir qop sarimsoq piyozning o‘rniga ikki qop piyoz berishni buyuribdi...
Xulosa: Amal kimo‘zarga qilinmaydi, xolis Alloh uchun qilinadi. Agar maqsadingiz kimnidir ortda qoldirish bo‘lsa, hayotda topganingiz "ikki qop piyoz" bo‘ladi.
Maqsadimiz doimo tafakkur qiling.
🌏Internet sahifalaridan olindi.

Onasini eng uzoq kutgan farzand😢
U Turkiyaning Mardin shahridan 14 km uzoqlikdagi Bine-bil qishlog‘ida dunyoga kelgandi. Otasi mardinlik, onasi suriyalik arablardan edi. Tili erta chiqqani uchun onasi uni Bahe bulbul deb erkalatardi.
Bahe bir yarim yoshda ekanida xo‘rozning hujumiga uchraydi: xo‘roz himoyasiz bolakayni ayovsiz cho‘qib, yuz-ko‘zlarida bir umrlik yara izlari qoldiradi.
O‘sha vaqtda qattiq qo‘rqib ketgan Bahe gapirmay qo‘yadi. Bolakay yolg‘iz qolsa talvasaga tushar, onasining quchog‘idagina tinchlanardi. Bahe opalarining sa’y-harakatlari bilan to‘rt yoshga yetganidagina oz-moz gapiradigan bo‘ladi. Ota-onasi uni qishloq shifokoriga eltadilar, shifokor bolaning holatini aqliy zaiflik deya baholaydi. Birgina ota bu tashxisga ishonmaydi.
Temir yo‘l stansiyasida yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydigan ota o‘g‘lini Mardindagi taniqli shifokorlarga olib borishni niyat qiladi, lekin ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etadi. Nochor qolgan ona farzandlarini olib ota yurti Suriyaga qaytmoqchi bo‘ladi. Yo‘lga tayyorgarlik ko‘rayotganida otasidan maktub oladi. Unda bobo aqli zaif nabirasini ko‘rmoqchi emasligini aytib, uni olib kelmaslikni qat’iy tayinlagan edi.
Chorasiz qolgan ona (o‘zidan bir qadam ham ajralmaydigan) kichkintoy Baheni Mardindagi qadim monastirga olib borib topshiradi. Ketayotganida esa, nima gapligini tushuna olmay javdirab turgan bolakayning qulog‘iga shivirlaydi:
– Bizni kutgin. Biz albatta qaytib kelib, seni olib ketamiz...
Monastir eshigi oldiga yetganida yana takrorlaydi:
– Biz qaytib kelamiz, Bahe...
Shu-shu, monastirning kirish eshigi bolakayning pakkasiga aylanadi. Har kuni ertadan-kechgacha, soatlarcha ko‘z yoshi to‘kkan ko‘yi onasini kutadi u. Qish qirovli kunlarda ham, yozning jaziramasida ham. Har kuni. Yetmish yil! Ha, naq yetmish yil kutdi u onasini, opalarini... Uni hech kim bu yerdan olib ketmadi. Shu yerda umri bitdi.
– U monastir eshigi oldidagi tosh edi go‘yo, – deyishdi ibodatxona xodimlari jurnalistlarga. – Yetmish yil davomida ikki ko‘zi eshikda yashadi...
Bahe bulbul “Dunyoda onasini eng uzoq kutgan farzand” nomi bilan eslanadigan bo‘ldi.
✍️Dilfuza KOMIL
✅Kanalimizni kuzatib boring👀
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Teshik chelak haqida hikoya
Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit bo‘lgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan.
Chelaklardan birining tagida teshik bo‘lib, manzilga yetguncha suvning yarmi to‘kilib borar ekan. Butun chelak o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajarayotganidan mag‘rurlanar, teshigi esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, hijolat chekar ekan.
Bir kuni teshik chelak egasiga debdi: “Men sendan uzr so‘ramoqchiman, olgan suvingning yarmini yetkaza olaman, buning uchun juda hijolatman”.
Suv tashuvchi yigit unga javoban: “Seni ko‘tarib keladigan tomonimdagi gullarni ko‘rganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sug‘orib ketasan. Yo‘lakning sen tomoni chamanzor. Ko‘rganlarga quvonch baxsh etadi. Men ham necha martalab ayolimga shu gullardan sovg‘a qilganman. Ularning hammasi sening xizmating samarasi... Buning uchun senga rahmat”, debdi.
Teshik chelak esa mamnun holda gullarni sug‘orishda davom etibdi.
✍️Akbarshoh RASULOV

Mening o'g'rigina bolam (hikoya)
G'afur G'ulom
#Mutolaa_vaqti
"Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi
Muallif: G‘afur G‘ulom.
Biz bilan birga bo‘ling👇👇
https://t.iss.one/navoiy_kundaligi
"Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi
Muallif: G‘afur G‘ulom.
Biz bilan birga bo‘ling👇👇
https://t.iss.one/navoiy_kundaligi