Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.31K subscribers
7.28K photos
773 videos
58 files
3.47K links
Veb-sayt: https://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: https://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: https://t.iss.one/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar boshlandi:
• Ochiq va xalqchil boshqaruv tizimi shakllandi;
• Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans konsepsiyasi ilgari surildi;
• Sud-huquq sohasida islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash tizimi kuchaytirildi;
• Iqtisodiyot liberallashdi, sarmoya va tashqi savdo erkinlashdi;
• Ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma rivojlantirildi;
• Mahalla tizimi, yoshlar siyosati va ayollar faolligiga alohida e’tibor qaratildi;
• Hududlarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yashil makon” kabi dasturlar hayotga tadbiq qilindi;
• Axborot siyosati ochiqlik va mas’uliyatga asoslandi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
Prezident Mirziyoyev tashqi siyosatda xalqaro ochiqlik va mintaqaviy hamkorlikka urg‘u berdi. U Markaziy Osiyoda do‘stona qo‘shnichilik siyosatini ilgari surdi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi:
• Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi integratsiya va ishonchni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi;
• BMT, YXHT, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti, MDH kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol hamkorlik olib bormoqda;
• 2021-yilda BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo iqlim mintaqasi” deb e’tirof etilishi Prezident tashabbusi bilan amalga oshdi;
• 2023-yilda YUNESKO tomonidan Buxoro shahri – Islom dunyosining madaniy poytaxti, deb e’lon qilindi;
• 2022-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yil siyosatchisi” unvoni hamda qator xorijiy davlatlar tomonidan faxriy mukofotlar va ordenlar berildi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
📚 Malaka oshirish kurslari izchil davom etmoqda!

🗓 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-iyundagi 200-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursining navbatdagi bosqichi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

👩‍🏫 Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari tomonidan olib borilmoqda.

🎯 Kurslarning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bolalar bilan sifatli va zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

📈 O‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja-grafik asosida tizimli va samarali tashkil etilmoqda.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
📚 Hududlarda qisqa muddatli o‘quv kurslari davom etmoqda

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari izchil davom etmoqda.

🗓 Mazkur kurslar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-iyundagi 200-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, belgilangan reja-grafik asosida hududlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

👩‍🏫 Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari tomonidan olib borilmoqda. Ularda ta’lim sifatini oshirish, metodik yondashuvlarni takomillashtirish va zamonaviy pedagogik ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🎯 Kurslarning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy bilim va malakasini oshirish orqali maktabgacha ta’lim jarayonining samaradorligini yanada yaxshilashdir.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
Audio
OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
#Dolzarb_90_kun
#Ovozli_chat

Hurmatli ustozlar!

Sizlarni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn dars (Ovozli chat) mashgʻulotlariga taklif etamiz! Oʻz ustida ishlovchi va jamiyat taraqqiyotiga befarq boʻlmagan ustozlarni kutib qolamiz!

Mavzu: O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati

Ma’ruzachi: Navoiy viloyati PMM ta'lim sifati nazorati bo'limi boshlig'i I.R.Xamrayev
Oʻtkazilish vaqti: 25. 07.2025
                                          10:00


Manzil: https://t.iss.one/navoiyPMMdolzarb90kun

🔴 Yana qaysi mavzularda onlayn darslar tashkil etilishini istaysiz?

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram  🌍Veb-sayt
📱 Instagram   💻YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilish_muhim

❗️IELTS topshirgansizu, imtihon xarajatlarini qoplash uchun qilgan murojaatingizga rad javobi oldingizmi?

📌Unda mazkur 👆videorolikda siz istagan javob bor. Albatta ko‘ring!

@Navoiy_adliya
#kun_hikmati

Kimki o‘zini yengsa – u dunyodagi eng buyuk g‘olibdir.

— Imom G‘azzoliy

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
📌 KRK va KRS tadbirlarini sifatli tashkil etish maqsadida suhbatlar davom etmoqda

📅 Kecha 2025-2026-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tavsiya etilgan institut va hududiy markazlarning 297 nafar mutaxassislaridan iborat master-trenerlikka nomzodlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi.

📍 Bugun esa ushbu suhbatlar Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazida davom ettirilmoqda.
Nomzodlar bilan KRK va KRS tadbirlariga tayyorgarlik holati, metodik bilimlar darajasi, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bilan tanishuv darajasi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🟢 Suhbatlar jarayonida master-trenerlik uchun tavsiya etilgan mutaxassislarning amaliy salohiyati ham baholanmoqda.

📌 Ma’lumot uchun, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan berilgan topshiriq asosida barcha hududlarda suhbatlar davom ettiriladi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube