Navoiy kadastr
650 subscribers
4.95K photos
756 videos
8 files
3.18K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Prezident huzuridagi yigilish boshlandi

Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos

Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etildi.

"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", dedi Prezidentimiz.

Qaerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yig‘ilishda mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’ektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi.

Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarorlari yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘ldi. Demak, ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi (bunga yo‘l, ariq, xiyobon va boshqa ob’ektlar kiritilmagan).

Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk ob’ektlarini “xonadonbay” xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda, har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.

Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.

"Yer balansini to‘g‘ri yuritish, yerni asrab-avaylash hokimlarning konstitutsiyaviy majburiyati va asosiy vazifasidir. Buni uddalay olmaydigan hokim menga kerak emas", dedi davlatimiz rahbari.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida kadastr idoralarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda kadastr idoralari tomonidan foydalanilayotgan geodeziya o‘lchov uskunalarining asosiy qismi ma’nan eskirgan (20 yildan ziyod).

Mavjud 50 ta geodeziya stansiyalari iqtisodiy faol hududlarning atigi 50 foizini qamragan (12 million gektar). Vaholanki, barcha hududlarni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 80 ta stansiya zarur.

Ayni paytda mutasaddilar yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hisobot bermoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |