Navoiy kadastr
660 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
▫️Yurtimizdagi ziyoratgohlarimiz▫️

🕌 Respublikamizda jami moddiy madaniy meros ob’ektlari soni 8 210 tani tashkil etmoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra, shundan:

🔸 arxeologiya yodgorliklari – 4797 ta

🔸 arxitektura yodgorliklari – 2266 ta

🔸 monumental yodgorliklar – 617 ta

🔸 diqqatga sazovor joylar – 530 ta

#DavKadastrPalata #madaniy_meros_obyektlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Madaniy meros obyektlari🔹

🕌 Hozirgi kunda Respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etmoqda.

🔸davlat mulki – 7827 ta
🔸xususiy mulk – 383 ta

Shundan:
🔸arxeologiya yodgorliklari – 4797 ta
🔸arxitektura yodgorliklari – 2266 ta
🔸monumental yodgorliklar – 617 ta
🔸diqqatga sazovor joylar – 530 ta.

#DavKadastrPalata #madaniy_meros

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#madaniy_meros #sarmishsoy

🏔Sarmishsoy darasi necha yillik tarixga ega ekanligini bilasizmi

🌍Sarmishsoy qoyatoshlarida saqlanib qolgan tasvirlar – petrogliflar yer sharining ko‘p joylarida uchraydi. Bu esa daraning nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos tarixiy manbaligini tasdiqlaydi.

👍Mahalliy qoyatosh rasmlarining o‘ziga xosligi ularning ko‘pligida emas, balki ularning o‘ziga xosligida. Bu obrazlar asosida ibtidoiy odamlar hayotini, ularning eʼtiqodlari, marosim va madaniyatini o‘rganish mumkin.

Sarmishsoy 7 ming yillik tarixni o‘z bag‘rida asrab, taxminan 5 mingdan ziyod noyob qoyatosh bitiklarini bizning zamonamizgacha yetkazib bergan qutlug‘ zamindir.

🫥Hozirda Sarmishsoy qoyatoshlari madaniy meros obyektlari sirasiga kiritilgan bo'lib 🌟Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan obyektning kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#madaniy_meros

🕌 Surʼatlarda ko‘rib turgan obyekt Xatirchi tumani «Polvonota» MFY hududida joylashgan Polvonota jome masjidi bo‘lib ushbu obyekt madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga olingan. Masjidning umumiy foydalanish maydoni 1000 kv.m dan iborat.

⚜️ Arxitektura yodgorligi viloyat Madaniy meros boshqarmasi tomonidan davlat muhofazasiga olingan va Navoiy viloyati Davlat kadastrlari palatasi Xatirchi tumani filiali tomonidan 2009-yil 28-mayda № A-66-sonli davlat ro'yxatidan o‘tkazilgan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#madaniy_meros #tarixga_nazar

🕌 Shayx Mavlono Orif Deggaroniy haqida siz bilmagan 7 haqiqat

1️⃣ Karmana tumanining Hazora qishlog‘ida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlaridan biri – 🕌Deggaron masjidi joylashgan.

2️⃣ Masjidning qurilish davri XI asr boshlariga borib taqaladi.

3️⃣ Mavlono Orif (1313-1376) Sayyid Аmir Kulolning eng yaqin shogirdlaridan biri.

4️⃣ Shayx Mavlono Orif Deggaroniy Naqshbandiya tariqatidagi Xojagon sulukining buyuk namoyondasi bo‘lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri.

5️⃣ XVII asrda Deggaron qishlog‘i masjiddan biroz narida joylashgan 🕌 Hazora qal’asiga aylangan.

6️⃣ “Deggaron” - forscha so‘z bo'lib u “Qozon quyuvchi yoki qozon ustasi”, degan maʼnoni bildiradi.

7️⃣ Madaniy me'ros obyektlari sirasiga kiruvchi 14 443 kv.m maydonga ega bo'lgan Mavlono Orif Deggaroniy yodgorliklar majmuasi 2016 - yilda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib qayta kadastr hujjatlari tayyorlangan.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#madaniy_meros #tarixga_nazar

🕌 “Saroy” masjidi Xatirchi tumanidagi Saroy MFY hududida joylashgan bo‘lib masjid hashar yo'li bilan 1930-yilda qurilgan. O'tgan asrning 90-yillarigacha masjid binosi qarovsiz holatga tashlab quyilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan masjid mo'min-musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini o'tkazish uchun qaytarib berilgan.

📃 Binoning foydalanish maydoni 350 metr kvadratdan iborat bo'lib kadastr idoralari tomonidan 2000-yil 01-avgustda № 85-sonli kadastr ro'yxatidan o'tkazilgan.

📄“Saroy” jome masjidi 2010-yildan masjid qayta ta'mirlangan bo‘lib 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qarori asosida Navoiy viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan davlat muhofazasiga olingan.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM