#qaror #VM_100
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirildi.
📃 Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 10-martdagi 100-son qarori bilan davlat aktivlarini savdoga chiqarish tartibi soddalashtirilib, muddatlari qisqartirildi.
🕓 Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini savdoga chiqarish 80 kundan 48 kunga, davlat ulushlari 89 kundan 67 kunga qisqartirildi.
📃 Oldi-sotdi shartnomalar va davlat orderlari 🗝 ERI orqali rasmiylashtiriladi.
⚖️ Savdolarda davlat ulushi va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha bir talabgor mavjud bo‘lganda, u bilan shartnoma tuzish amaliyoti bekor qilindi.
⏳ Shuningdek, davlat obyektlarini ijaraga berish muddatlari 1 yildan 3 yilgacha, majburiyat bajarilganda esa 5 yildan 6 yilgacha uzaytirildi.
🌐 Telegram 📷 Instagram 📱 Facebook ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM