#Qonun_803
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-sonli "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonunining 18-moddasiga asosan ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▪️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi)
binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi
▪️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi
▪️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi
▪️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi
▪️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
🌐 Telegram 📷 Instagram 📱 Facebook ▶️ Youtube
binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#foydali_ma'lumot #Qonun_803
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM