🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑 Ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami❗️ Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtga tegishli
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lgunga qadar saqlanib qoladi.
🟢 Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:➡️Mintaqa raqami
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar);➡️Mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga bo‘ysinuvchi shaharning raqami;
➡️Kadastr zonasi raqami;
➡️Kadastr massivi raqami;
➡️Kadastr mavzesi raqami;
➡️Yer uchastkasi raqami;
➡️Ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
➡️Bino yoki inshootning raqami;
➡️Bino yoki inshootning bir qismining raqami.
❗️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi
555-sonli qarori.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube