Navoiy kadastr
658 subscribers
4.95K photos
753 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Tayinlov #JIzzax_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Sidikov Nodir Eshkuvatovich Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🔹Shu munosabat bilan joriy yilning 17-mart sanasida Davlat kadastrlari palatasining JIzzax viloyati boshqarmasida palata raisi o'rinbosari A.Rasulov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔹Sidikov Nodir Eshkuvatovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi JIzzax viloyati boshqarmasi boshlig'i v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov #Andijon_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Joriy yilning 23-aprel sanasida Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasida palata raisi M.Valiyev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda barcha 17 ta tuman va shahar filiallari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹Mazkur
yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Akbarov Dilshodbek Axmadjonovich tayinlani.

🔹Akbarov Dilshodbek Axmadjonovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Andijon tuman filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
#Xatlov #hududiy_boshqarmalar #Toshkent_viloyati

Xabaringiz bor Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida Respublika bo'yicha 300 ga yaqin mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borildi. Viloyatning 7 ta shahar hamda 15 ta tumanida xatlov ishlari to'liq yakunlandi. Hozirda Davlat kadastrlari palatasining markaziy shtabida respublika bo'yicha xatlov ishlarida ishtirok etgan geoaxborot tizimlari bo'yicha mutaxassislar tomonidan to'plangan ma'lumotlarni elektron xaritaga kiritish ishlari olib borilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov #Samarqand_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Xabaringiz bor joriy yilning 29-aprel sanasida Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasida palata raisi M.Valiyev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda barcha tuman va shahar filiallari rahbarlari hamda boshqarma bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Mazkur
yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i v.v.b. etib Davronov Yashnar Baxodirovich tayinlandi.

🔹Davronov Yashnar Baxodirovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Andijon_viloyati

Xabaringiz bor 23-iyul kuni bo'lib o'tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondoshish lozimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek palata raisi Andijon viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, murojaatlarni ijobiy hal qilish bo'yicha tegishli idoralar bilan integratsiyalashgan dastur faoliyati bilan tanishdi.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Fuqarolar_murojaati
#Muammo_va_yechim

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar:

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Namangan viloyati

Navoiy viloyati

Qashqadaryo viloyati

Samarqand viloyati

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook