Navoiy kadastr
649 subscribers
4.95K photos
756 videos
8 files
3.18K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: navoiy.kadastr@gmail.com
Download Telegram
#kadastr_atamalari

👨‍🏫 Huquq egasi - ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

📄Servitut - begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

▪️1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi▪️

📄 Prezident qaroriga koʻra, 2023-yil 1-sentabrdan:

⚡️seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

⚡️ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

📃 Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. 

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR_MANZILLARI

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining Karmana tuman filiali

⚡️ Filial rahbari - Aliqulov Sanjar Shojalil o'g'li

📍 Karmana tumani "Mirsaid Baxrom" MFY Jasorat ko'chasi 2-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-79-532-55-37

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Uchquduq_tumani

🌍 Noqonuniy egallab olingan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tumani inspektorlar tomonidan Uchquduq tumani "Bo'ston" ko'chasida joylashgan 8-uy yon qismidan fuqaro K.J tomonidan 15 kv.m yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib yengil tipdagi savdo do'koni qurib olinganligi aniqlangan.

📝 Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro K.J ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berilgan, fuqaro K.J ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan holda noqonuniy qurilmani o'z hisobidan bartaraf etdi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

🇺🇿Hukumat qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

◼️Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar).

◼️Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

◼️Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

◼️Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojjat qiladi. Shunga ko‘ra, Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_bayramingiz_muborak_bolsin

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tizimida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida chellenj o'tkazilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik #bayram_kunlari
🟩🟩🟩🟩

📌 Bayramda necha kun dam olamiz 📌

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

😎 1 sentabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
😎 2 sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
😎 3 sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4-sentabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш чоғида юзага келадиган низоларни судга қадар ҳал қилиш тартиби белгиланди

Унга кўра фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларини давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасидаги низолари бўйича аризалар ва шикоятлар Комиссия ва Апелляция комиссияси томонидан ўн иш кунида кўриб чиқилади.

Комиссия ва Апелляция комиссиясининг мажлисларида комиссия ва Апелляция комиссияси аъзоларининг камида учдан икки қисми (кворум) иштирок этган тақдирда ваколатли ҳисобланади.

Мурожаатлар, шунингдек, Комиссия ва Апелляция комиссияларининг баённомалари электрон реестрда юритилади.

Судларда кўриб чиқилган ёки кўриб чиқилаётган низолар Комиссия томонидан такроран кўриб чиқилмайди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Шунингдек, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибга солинмоқда.

Жумладан, давлат рўйхатидан ўтказилиб, бу ҳақда гувоҳнома берилган кўчмас мулкларни электрон тарзда давлат реестрига киритиш ва ундан кўчирма бериш, шу жумладан, мазкур хизматларни бепул амалга ошириш бегиланди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Кадастр муҳандиси институтини республика миқёсида босқичма-босқич жорий этиш тартиби белгиланмоқда.

2023 йил 1 октябрдан Тошкент шаҳри, Тошкент, Навоий, Наманган, Фарғона ва Хоразм вилоятларида, 2024 йил 1 июлдан республика миқёсида жорий этилади.

Шу билан бирга кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказувчиларнинг малакасини ошириш ва уларни аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

〰️〰️〰️〰️〰️

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда кадастр хизматларини кўрсатишдаги янгиликлар ҳақида маълумот берилди:

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘lim va filiallarida kadastr sohasini rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida o‘zining bor bilimi va kuch g‘ayratini ayamasdan, berilgan vazifalarni samarali va sifatli darajada bajarib kelayotgan bir qancha xodimlar 🌟Kadastr agentligi direktorining Faxriy yorlig‘i hamda boshqarma boshliqlarining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

➡️Fotosuratlar

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 32-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Aziz yurtdoshlar ❗️

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan sizni samimiy mubarakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman. Osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i D.Nishonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar ❗️

🎉Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Vatanimiz Mustaqilligimizning 32 yilligi bilan Siz azizlarni chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.

🇺🇿 Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tayotgan 32 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko‘lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Shu o‘rinda kadastr sohasida ham juda ko‘p yangiliklar va islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar, avvalo, farzandlarimiz va ularning ota-onalari qalbidagi ertangi kunimizga, kelajakka boʻlgan katta orzu-umid va ishonchdan darak beradi. Maʼlumki, bugungi bayram arafasida turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta bir guruhi davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularning barchasini qizgʻin tabriklab, ijtimoiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mustaqillik hadya etgan ne’matlardan bahramand bo‘lish, ular bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Siz bilan bizning bosh vazifamiz, burchimiz, ana shu ne’matlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatga kerakli inson bo‘lib xizmat qilishdir.

🎊Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan chin qalbdan tabriklar ekanmiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz. Vatanimizni, xalqimizni, barchamizni yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan ❗️

💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i O.Tuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_auksion

🗺Navoiy viloyatida mavjud E-auksion.uz onlayn platformasiga savdoga chiqarilgan bo‘sh yer uchastkalari

🟢Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 903 ta (ko'rish)

🟢Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari 34 ta (ko'rish)

🟢Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 14 ta (ko'rish)

🟢Yoshlar sanoat zonalari uchun 64 ta (ko'rish)

🟢Kichik sanoat zonalari uchun 74 ta (ko'rish)

🟢Erkin iqtisodiy zonalari uchun 132 ta (ko'rish)

🟢Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 1 ta (ko'rish)

🟢Mikromarkazlar uchun 108 ta (ko'rish)

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #infografika

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga joriy yilning 8 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 389 ta murojaatlar kelib tushgan.

📝 Kelib tushgan 203 ta murojaatga tegishli choralar ko'rilgan, 180 ta murojaatga tushuntirish berish orqali ijobiy hal qilingan, qolgan 6 ta murojaatlar ko'rib chiqish jarayonida

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kadastr agentligi - Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari bo'yicha yuqori ko'rsatkichda.

🔷 BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-oringa koʻtarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

🔷2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

📊 Reytingda 43 ta davlat organlari ichida - Kadastr agentligi 16 - o'rinni egallab, ilg'orlar qatorida yuqori natijalarga erishgani quvonarli holdir.

👉 Batafsil: https://nis.egov.uz/login

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram YouTube Facebook Twitter
#murojaat #infografika

🌟Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasiga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar infografikasi bilan tanishing.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) - bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM