Navoiy kadastr
653 subscribers
4.99K photos
759 videos
8 files
3.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

⚽️ Navoiy jamoasi hisobida yana bitta g'alaba

🏆 "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasining 3-kunida Navoiy va Aerogeodeziya jamoalari to'p surib 9:1 natija bilan o'yinni yakunlashdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi⚡️

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi 🇺🇿Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📄Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

⚡️2024-yil 1-yanvardan:

🟢 ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🟢 majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🟢 agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etiladi.

🟢 shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to‘lov muddati 2024-yil 1-oktyabrgacha kechiktiriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, «UzKad» dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato ва kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish ва maʼlumotlarni jamlash yuzasidan Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi bosh mutaxassisi X.Oblayev tomonidan tuman (shahar) fillial rahbarlari va Yer kadastri mutaxassislariga «ZOOM» orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

💠Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish ва yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #e_lon

💠DIQQAT E’LON!💠

🔰Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

📣 DIQQAT E’LON! 📣

❤️‍🔥 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Biroz avval rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Vaqtinchalik uzilish holatlari bartaraf etildi va tizim to’liq ishga tushurildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #aloqa

📃 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch keldingizmi ?

📝 Huquqiy tushuncha olmoqchimisiz ?

💫 Davlat kadastrlari palatasining aloqa xizmatlariga murojaat qiling !

Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ +99879-224-28-01

✉️ [email protected]

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #video_roliklar_tanlovi

🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 35 nafar ayollar ishtirok etib, o‘z ijod namunalarini tanlov hayʼat aʼzolariga taqdim etdilar.

💠 Mazkur tanlovga taqdim etilgan videoroliklarni tomosha qilishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

🎞Tomosha qiling va haqqoniy tarzda ovoz bering.

❗️Eslatib
o‘tamiz, mazkur videoroliklar professional ijodkorlar tomonidan emas, oddiygina kadastrchi ayollarimiz tomonidan tayyorlangan!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM