Navoiy kadastr
664 subscribers
4.93K photos
750 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #aloqa

📃 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch keldingizmi ?

📝 Huquqiy tushuncha olmoqchimisiz ?

💫 Davlat kadastrlari palatasining aloqa xizmatlariga murojaat qiling !

Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ +99879-224-28-01

✉️ [email protected]

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #video_roliklar_tanlovi

🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 35 nafar ayollar ishtirok etib, o‘z ijod namunalarini tanlov hayʼat aʼzolariga taqdim etdilar.

💠 Mazkur tanlovga taqdim etilgan videoroliklarni tomosha qilishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

🎞Tomosha qiling va haqqoniy tarzda ovoz bering.

❗️Eslatib
o‘tamiz, mazkur videoroliklar professional ijodkorlar tomonidan emas, oddiygina kadastrchi ayollarimiz tomonidan tayyorlangan!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

👨‍🏫 Huquq egasi - ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

📄Servitut - begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

▪️1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi▪️

📄 Prezident qaroriga koʻra, 2023-yil 1-sentabrdan:

⚡️seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

⚡️ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

📃 Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. 

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR_MANZILLARI

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining Karmana tuman filiali

⚡️ Filial rahbari - Aliqulov Sanjar Shojalil o'g'li

📍 Karmana tumani "Mirsaid Baxrom" MFY Jasorat ko'chasi 2-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-79-532-55-37

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Uchquduq_tumani

🌍 Noqonuniy egallab olingan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tumani inspektorlar tomonidan Uchquduq tumani "Bo'ston" ko'chasida joylashgan 8-uy yon qismidan fuqaro K.J tomonidan 15 kv.m yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib yengil tipdagi savdo do'koni qurib olinganligi aniqlangan.

📝 Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro K.J ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berilgan, fuqaro K.J ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan holda noqonuniy qurilmani o'z hisobidan bartaraf etdi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

🇺🇿Hukumat qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

◼️Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar).

◼️Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

◼️Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

◼️Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojjat qiladi. Shunga ko‘ra, Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_bayramingiz_muborak_bolsin

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tizimida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida chellenj o'tkazilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik #bayram_kunlari
🟩🟩🟩🟩

📌 Bayramda necha kun dam olamiz 📌

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

😎 1 sentabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
😎 2 sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
😎 3 sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4-sentabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM