Navoiy kadastr
664 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

⚽️ Navoiy jamoasi hisobida 1 ta durrang natija

🏆 "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasining 2-kunida Navoiy va Buxoro viloyati jamoalari to'p surib 5:5 natija bilan o'yinni yakunlashdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr xotin-qizlari uchun seminar tashkil etildi⚡️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 25-apreldagi "2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muxofaza qilishni kuchaytirish to'g'risida"gi 216-sonli qarori hamda 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-sonli farmoni ijrosi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

💎Mazkur semirda viloyat oila va xotin-kizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Xilola Kodirova, axoli reproduktiv salomatlik markazi shifokori Muazzam Bozorovalar qatnashib ishtirokchilarga o'z tavsiyalarini berishdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

🌍 Noqonuniy egallab olingan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar inspektorlar tomonidan Navoiy shahar "Humo" MFY Jasorat ko'chasida joylashgan savdo do'koni orqa qismidan fuqaro B.A tomonidan 30 k.m yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib yengil tipdagi savdo do'koni qurib olinganligi aniqlangan.

📄 Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro B.A ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berilgan, fuqaro B.A ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan holda noqonuniy qurilmani o'z hisobidan bartaraf etdi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 17- 23- avgust, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 15 957 ta
Shakllantirilgan: 5 395 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol #kadastr

⚽️ Navoiy jamoasi hisobida yana bitta g'alaba

🏆 "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasining 3-kunida Navoiy va Aerogeodeziya jamoalari to'p surib 9:1 natija bilan o'yinni yakunlashdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi⚡️

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi 🇺🇿Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📄Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

⚡️2024-yil 1-yanvardan:

🟢 ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🟢 majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🟢 agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etiladi.

🟢 shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to‘lov muddati 2024-yil 1-oktyabrgacha kechiktiriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, «UzKad» dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato ва kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish ва maʼlumotlarni jamlash yuzasidan Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi bosh mutaxassisi X.Oblayev tomonidan tuman (shahar) fillial rahbarlari va Yer kadastri mutaxassislariga «ZOOM» orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

💠Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish ва yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #e_lon

💠DIQQAT E’LON!💠

🔰Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

📣 DIQQAT E’LON! 📣

❤️‍🔥 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Biroz avval rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Vaqtinchalik uzilish holatlari bartaraf etildi va tizim to’liq ishga tushurildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM