Navoiy kadastr
660 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Qonunchilikda_yangilik

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi 99-sonli "Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga asosan.

📃 Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, o‘ttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

⚡️ Eslatib o'tamiz: Qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

⚡️ Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda

🌏 Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-99-sonli farmon imzolandi.

📃 Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

🟢 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

🟢 yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

🟢 jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

🌐Telegram  📷Instagram  📱Facebook  ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

🌍 Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

🇺🇿 Prezident Farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

😎qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi (realizatsiya qilish);

😎yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlandi;

😎jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar takomillashtiriladi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi

📄 “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023–2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–299-son, 11.09.2023 y.) qabul qilindi.

🔴Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishga doir ishlab chiqiladigan hujjatlarning quyidagi darajalari belgilandi:

🟢birinchi darajada – hududlarning raqobat ustunliklari va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, Aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi;

🟢ikkinchi darajada – shaharlar (shaharchalar) va shahar atrofi zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, shuningdek, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqiladi;

🟢uchinchi darajada – hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, o‘zida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.

🟢Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi.

Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

🟢2024-yil 1-iyulgacha “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi.

📁Platformada aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmi joriy etiladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikda_yangilik

📔 “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📃 Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

⚡️ Davlat chegarasi joylarda aniq koʻrinib turadigan chegara belgilari bilan koʻrsatib qoʻyiladi.

🇺🇿 Qonunga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM