Navoiy kadastr
660 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🗓Bugun – O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni

💼 Hurmatli Kasaba uyushmalari xodimlari!

🔹 Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz hamda xodimlarning mehnat faoliyati, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni▪️

🌱 Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) tomonidan 2007-yil noyabr oyida Kanadada o‘tkazilgan Bosh assambleyada 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni etib har yili nishonlash joriy etilgan.

🗂 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix koʻzgusi” deya eʼtirof etiladi. Kengashning asosiy vazifasi dunyo arxiv merosini saqlash, muhofaza qilish va kengaytirish hamda xalqlarning oʻz tarixini oʻrganish va bilishga oid boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda yordam berishdir.

🌟 Ushbu kuni nafaqat mazkur soha ishchilarining kasbiy bayramigina bo‘lmay, balki keng jamoatchilik va qaror qabul qiluvchi shaxslar e'tiborini arxiv ishi yutuqlari va muammolariga qaratadigan unutilmas sana hisoblanadi. Shu munosabati bilan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi kasb bayramini nishonlayotgan xodimlarni Arxivlar kuni munosabati bilan tabriklaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun▪️

🌏 Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

🇺🇿 Oʻzbek xalqining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biridir.

🇺🇿 Uni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

15-may - Xalqaro oila kuni

👨‍👩‍👧 Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan, Vatan ichida kichik Vatandir.

🇺🇿 O'zbekistonda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

◼️Shu o'rinda, mamlakatimizda oila institutining huquqiy asoslari ham mustahkamlangan. Oila kodeksi hamda qator qonun va qarorlar, qonunosti hujjatlari oilalar mustahkamligi yo‘lida zamin bo‘lmoqda.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

30-iyun - Yoshlar kuni


🌱 Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishidir. Zero, yoshlar bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

🌏 Prezidentimiz tomonidan 2024-yilning - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi ham yoshlarimizning mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli sezilarli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📊 2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, respublika bo‘yicha 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 9 654 351 kishi tashkil etgan. Ya'ni jami aholining 26,8 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

💐 Bugungi kun munosabati bilan respublikamizning barcha yoshlarini muborakbod etib, muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda faollik ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM