#tabrik #ustoz_murabbiylar_kuni
Har bir insonning komil shaxs bo’lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo’lib jamiyatda o’z o’rnini topishida ustoz – muallimlarning o’rni juda muhim.
Fidoyi, zahmatkash muallim-o’qituvchilar o’z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go’zal ezgu xislatlarni, mehr - oqibat va odamiylik tuyg’ularini singdirib boradi. Turli yo’nalishlarda o’z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o’g’il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida avvalo aziz ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassam.
Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.
https://t.iss.one/navkadastr

#tabrik #ustoz_murabbiylar_kuni #Qiziltepa
Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo’ying barobar kitoblarni o’qib ham yetish mushkul. Biroq ilm o’rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli. Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go’dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o’qishning o’zi kamlik qiladi. Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka teran nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa - suyab, yiqilsa - turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.
Aziz ustozlar! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilab qolamiz.