Navoiy kadastr
713 subscribers
5.29K photos
789 videos
8 files
3.35K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Zarafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 13-dekabr, soat 15:00 da

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Yulduz" MFY, Mahalla guzari

📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38, +998 99 245 95 15 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Zarafshon shahri fuqarolari murojaatlari o'rganildi


📃 Rejaga muvofiq, bugun Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida aholi va tadbirkorlar uchun Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabulda avvalo, hozirda tizimdagi eng aktual mavzu - "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun asosida huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿 Shundan so'ng, sohaga oid murojaatlar tinglanib, hal etish choralarini ko'rish bo'yicha tizim mutasaddilariga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Aksariyat murajaatlarni esa kadastr pasportini shakllantirish va egalik huquqini olishga oid masalalar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📃 Yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

◾️Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi


📃 Qonun (O'RQ-1028-son, 12.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan “Ipoteka to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi, “To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida”gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlarni bajarishni, u bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

🎚 Bunda, “Ipoteka to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

🔹Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi;

🔹Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati

🖥 My.gov.uz portalidagi bu xizmat fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi.

✔️ Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM