Navoiy kadastr
648 subscribers
4.97K photos
757 videos
8 files
3.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#ma_lumot_o_rnida #qaror_loyihasi

Qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📃 Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

👔 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

◼️ Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.

🔗 Batafsil

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM