🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (30.09.2024 y.) “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 614-sonli qarori ⚡️ Ushbu qarorga asosan 2025-yil 1-yanvardan quydagilar tatbiq qilinadi➡️yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri maʼlumotlarida aks ettiriladi;
➡️yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;
➡️yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;
📌 Qaror 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.#Qaror #614_son🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube