Navoiy kadastr
661 subscribers
4.94K photos
752 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #malaka_oshirish #kadrlar_bolimi

🔭 GEODEZIST-TOPOGRAFLARNING ILK QALDIRG'OCHLARI

📗 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 7-14 oktyabr kunlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021-yil 27-sentabrdagi 147-RT-sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan topograf mutaxassislik bo‘yicha tezkor o‘qitish tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalardan o‘qitish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va ular orasidan suhbat natijalari bo‘yicha har bir hududdan 2 nafardan jami 28 nafar xodimlar tanlab olindi.

📍Tanlab olingan 28 nafar xodimlar ishlab chiqilgan o‘quv ish rejasiga asosan 7 kunlik kursda o‘qitilib, joriy yilning 14 oktabr kuni test va savol-javob sinovlaridan o‘tkazildi.

🗺 Mazkur imtihonlardan ijobiy o‘tgan geodezist-topograf mutaxassislarining o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi va ushbu 28 nafar mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ayni damda Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari boshlandi.

Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Imtihon jarayonlari uch guruhga bo'lingan holda, ikki kun davom etadi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🔷Xabaringiz bor, Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari tashkil etilgandi.

🔷2 guruhga bo‘lingan holda o'tkazilgan malaka imtihonida bir soat vaqt davomida 75 ta savollar jamlanmasi berildi. Test savollarini 70%ga to'g'ri javob bera olganlar imtihonni topshirgan hisoblandi. Bugungi imtihonda qatnashgan 24 nafar talabgordan 14 nafari imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi.

🔷Ertaga talabgorlarning uchinchi guruhi imtihonga kirishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxslarni malaka imtihonidan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasisi tomonidan imtihonlar uch guruhga bo‘lingan holda ikki kun davomida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etgan 35 nafar talabgordan 20 nafari imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirdilar.

Ular ega bo‘lgan malaka shahodatnomalari - tez kunlarda topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha imtihon topshirib, faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan talabgorlarni (71) 276 91 75 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28 uy - manzilidagi Davlat kadastrlari palatasiga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
▫️Kadastr muhandisi malaka o'quv kurslari▫️

📖 Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon topshirish oldidan o'quv kurslarini o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

📟 Shu kunlarda talabgorlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy malakalarini oshiruvchi darslar ham tashkil etilmoqda. O'quv kurslari yakuni natijalari haqida yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #malaka_oshirish

📝Kadastr agentligi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish hamda uning bajarilishini ta’minlash yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

🔰Joriy yilning 1-yarim yilligida ushbu buyurtmalar asosida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari dasturlari ishlab chiqildi va ishlab chiqilgan dasturlar asosida 2022-yil 10-iyuniga qadar:

♦️Yer va kadastr nazorati bo‘yicha 40 nafar inspektorlar;
♦️Ma’muriy amaliyot bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 20 nafar;
♦️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 36 nafar;
♦️Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan jami 116 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi va ularga malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#sertifikat #malaka_oshirish

Kadastr agentligi tomonidan axborot xizmati mutaxassislarini malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslari yakunlandi va sertifikatlar topshirildi.


🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
▫️Malaka shahodatnomasi uchun imtihonlar▫️

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxslarni malaka imtihonidan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi tomonidan navbatdagi imtihonlar uch guruhga bo‘lingan holda o‘tkazildi.

Bugun bo'lib o'tgan malaka imtihonida ishtirok etgan 29 nafar talabgordan 8 nafari imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirdilar.

▫️Bu haqda yana batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #malaka_oshirish

⭐️KADASTR XODIMLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA.

⌨️⌨️👍Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan bir oylik “O‘zbek adabiy tili, me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

2️⃣⌨️🌟Kadastr agentligida Jahon banki loyihasi doirasida Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan 65 nafar Kadrlar bo‘limi mas’ul xodimlarini joriy yilning dekabr va 2023-yil yanvar oylarida “Kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” bo‘yicha 2 haftalik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil qilinmoqda.

📆 Joriy yilning 9-20-dekabr kunlari ushbu o‘quv markazida “HR va Kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kursida 19 nafar Kadrlar bo‘limi mas’ul xodimlarining malakasi oshirilib ularga o‘quv markazi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.
‼️2023-yil yanvar oyidan boshlab ushbu malaka oshirish kursida mutaxassislarning malakasini oshirish ishlari davom etishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #malaka_oshirish #ijro_nazorati

Malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kun talabi.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun belgilangan reja grafikka asosan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida xodimlar malakasi oshirilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ro'yxatdan o'tkazuvchilar malakasi oshirilmoqda


🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi topshirig'iga ko'ra, hududiy boshqarmalar Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limlarining bosh ro'yxatdan o'tkazuvchi va ro'yxatdan o'tkazuvchilar malakasini oshirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi binosida Markaziy apparat mutaxassislari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilmoqda.

◼️Seminarlar joriy yilning 25-29-mart sanalarida o'tkazilib, bunda hududiy boshqarma mutaxassislarning kasbiy salohiyati hamda UZKAD tizimida ishlash bilimini yanada oshirish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM