Navoiy kadastr
651 subscribers
4.95K photos
756 videos
8 files
3.18K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#huquqiy_bilim

Kadastr pasportining shakllari:

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
🏡 Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
🏭 Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
📝 Yer uchastkasining kadastr pasporti;
🏗 Qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Huquqiy asos

**********************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#huquqiy_bilim

Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Huquqiy asos

****************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#huquqiy_bilim

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📝 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Huquqiy asos

****************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔲O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra ko'chmas mulk ob'ektlariga manzillar berish, ularni o'zgartirish va mavjudligini bekor qilish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ularga tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#kadastr #huquqiy_bilim #vm_731

📍O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi "BOG‘DORCHILIK-UZUMCHILIK SHIRKATLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 731-son qaroriga muvofiq Davlat ro‘yxatidan o‘tgan shirkatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida elektron hamkorlik orqali ma’lumotlar almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#huquqiy_bilim

Qonunchilikka ko‘ra, dehqon xo‘jaliklari o‘ziga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkasini yoki shu yer uchastkasining bir qismini dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida, yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berish huquqiga ega.

Batafsil: https://lex.uz/docs/5351631#5352547

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#huquqiy_bilim

❗️Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yil
muddatga ijara asosida beriladi

⚡️ Fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2022 yil yakunigacha qo‘shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali 30 yil muddatga ijara asosida beriladi.

📍Navoiy viloyati bo'yicha dehqonchilik qilish uchun bo'sh yer uchastkalari (ko'rish)

«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, nazarda tutilayotgan shaxslar yuqoridagi daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#huquqiy_bilim

2022-yil yakuniga qadar 100 ming gektar yer maydonlari 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

🌏 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2022-yil yakuniga qadar 100 ming gektar yer maydonlari e-auksion.uz partali orqali ochiq elektron tanlov asosida aholiga 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

💠 Suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan — Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda.

💠 Kam suvli yerlardan — viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.

📍BATAFSIL: https://lex.uz/uz/docs/6188628
#huquqiy_bilim

🗺 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📄 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida"gi 803-sonli Qonuniga asosan, ko‘chmas mulkning quyidagi turlari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:

✔️ yer uchastkalari;
✔️ binolar, inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar;
✔️ ko‘p yillik dov-daraxtlar;
✔️ mulkiy majmua sifatidagi korxona.

Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

➡️Izoh: Qonun rasman 01.03.2023 sanadan kuchga kiradi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM